AMD K-6 protsessori P5 (Pentium) ning protsessorlar uchun tizimli platasida o‘rnatiladigan yo‘qori unumdorli oltinchi avlod protsessoridir. Unumdorligi jixatidan u, Pentium va Pentium II orasidagi o‘ringa joylashgan. Bu protsessor 5-avlod protsessorlari va tizimli platalari uchun mo‘ljallangan Socket 7 tipli uya uchun ishlanganligi uchun, u xaqiqiy oltinchi avlod protsessoridek ishlay olmaydi, chunki Socket 7 xotira va keshning imkoniyatini jiddiy chegaralaydi. Biroq AMD-K6 Pentium ning jiddiy raqobatchisi hisoblanadi. AMD-K6 protsessorida sanoat standarti bo‘yicha, multimediya buyruqlarining yangi tizimi (MMX) amalga oshirilgan, u esa AMD K6-2 protsessorlarida yangilandi va 3Dnow atala boshladi. AMD firmasi Socket 7 tip uyali protsessorni ishlab chiqdi. Bu esa kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun, modernizatsiyalash oson bo‘lgan tizimlarni yaratishga imkon beradi. AMD-K6 protsessori texnik xarakteristikalari:
oltinchi avlod ichki arxitekturasi, 5-avlod tashqi interfeysi;x86 buiruqlarni RISC buiruqlarga translyatsiya qiluvchi ichki RISC-yadro;
64 Kbaytli katta kesh (32 Kbayt sig‘imdagi buyruqlar uchun, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 32 Kbayt sig‘imdagi teskari
yozuvli ikki portli kesh);
siljuvchi vergulli sonlar ustida amallarni bajarish uchun ichki modul (FPU);
MMX buiruqlarini qo‘llashga sanoat standarti;
SMM rejimi;
Ceramic Pin Grid Array (CPGA) konstruksiyasining Socket 7 tipli uyasi;
5 qavat 0,35- va 0,25-mikronli texnologiyani tayorlshda foydalanish K6-2 protsessoriga quyidagilar qo‘shilgan:
Ancha yuqori takt chastotalari;
100 MGts (Super 7 uyali tizimli platalar uchun) tizimli shinani qo‘llash;
3DNow deb nomlangan, grafika va multimediya bilan ishlash uchun yangi 21-tuzilma;
K6-3 protsessoriga, uning chastotasida ishlovchi, 256 Kbayt sig‘imdagi ikki bosqichli kesh –xotira qo‘shilgan. K6-3 ni bunday mukammallashtirish Celeron va Pentium II.darajasida turuvchi uning unumdorligini oshirdi.
AMD-K6 protsessori arxitekturasiga ko‘ra x86 bilan ikkilik kod bo‘yicha mutanosib, ya’ni MMX buyruqlari bilan birgalikda, u Intelning barcha dasturiy ta’minotini bajaradi, Socket 7 tipli uyalar tuzilmasi bilan shartlashilgan, etarli darajada quyi bo‘lgan,ikkinchi bosqichli kesh-xotiranining unumdorligini oshirish uchun, AMD birinchi bosqichli ichki kesh –xotiraning umumiy si’g‘imini 64 Kbaytgacha orttirdi (ya’ni uning sig‘imi Pentium II ga qaraganda ikki marta katta Bunga dinamik bajarilish imkoniyatini qo‘shadigan bo‘lsak K6 protsessorini tezligi bo‘yicha Pentium bilan, unumdorligi bo‘yicha Pentium II ning berilgan takt chastotasi bilan qiyoslasa bo‘ladi. AMD-K5 va K6 protsessorlari Socket 7 tipli uyaga o‘rnatiladi.Biroq, zarur kuchlanishni o‘rnatish va BIOS parametrlarini o‘zgartirish uchun ba’zi bir tuzatishlar kiritish talab qilinadi. Agar tizimli plata mos kuchlanishda tursa AMD-K6 ning ishonchli ishi ta’minlanadi.
XULOSA Mikroprotsessorlar bizning hayotimizda kompyuter texnikasi uchun eng kerakli qurilma hisoblanadi. Kompyuterning asosini uning markaziy protsessori tashkil qiladi. U kompyuterning qolgan hamma jarayonlarini bajaradi. Markaziy protsessor boshqaruv qurilmasi esa uning boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishini ta’minlaydi. Avvalgi kompyuterlarda MPning boshqaruv qurilmalari ikkita bo’lgan, ya’ni, Shimoliy va Janubiy ko’priklar. Bular keyinchalik kompyuter texnikasi takomillashib borganligi sababli bitta umumiy mikrosxemaga yig’ilgan. U hozirda HUB deb ataladi va kompyuterning hamma qurilmalarini Protsessor bilan aloqasini doimiy ta’minlab turadi.
Ko‘p masalalarni, ayniqsa iqtisodiy masalalami yechish dasturlarida ko‘p sonli boshqarishni shartli uzatishlar mavjud. Agar protsessor o‘tish, tarrnoqlanish yo‘nalishini oldindan ayta olsa, u holda uning ish unumdorligi hisoblash konveyerlarini yuklashni optimallashtirish hisobiga sezilarli ortadi. Pentium Pro protsessorida oldindan to‘g‘ri aytish ehtimolligi 90%, Pentium da esa 80%.