Elektron hujjatlarga amaliy dasturlar yordamida ishlov berish texnologiyalari


Kabel turi O‘tkazish tezligi



Yüklə 32,69 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü32,69 Kb.
#205761
1   2   3   4   5   6
lecture10

Kabel turi

O‘tkazish tezligi,
Mbit/sek

Tarmoqni xosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa

Kabel uzilganda tiklash mukinligi

Koaksial kabellar

10 Mbit/sek

500 m

Past

Juftli o‘ram kabellari

100 Mbit/sek

100 m

yaxshi

Optik tolali kabellar

1-2 Gbit/sek

100 km

Maxsus qurilmalar talab qilinadi

Tarmoq kabellarini texnik ko‘rsatkichi
  • Wi-Fi tarmog‘i va uning afzalliklari
  • BlueTooth –kabelsiz tarmoq.
  • BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig‘i bo‘lib, 2.5 GGs chastotada ishlaydi. O‘tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar xam bu standart uchun mo‘ljallangan bo‘lishi shart. SHuningdek, qo‘l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog‘lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog‘lash imkonini bersa, u xolda kompyuterdan va qo‘l telefonidan foydalangan xolda simsiz Internetga bog‘lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).
  • Agar e’tibor berib qaralsa, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, tarmoq kabeli o‘z ichiga to‘rt juft, ya’ni sakkizta tolali simchalarda tashkil topgan. Simchalarning to‘rttasi rangli simlar qolgan to‘rttasi esa o‘sha rangli simchalarning juftlari xisoblanadi. Buni sinchikovlik bilan e’tibor berib qaragan har qanday kishi ko‘rishi mumkin. Internetda kommunikatsiya xizmat turlari sifatida E-mail (elektron pochta), Telnet, Usenet, IRClarga to’xtaymiz.
  • Telnet
  • Telnet dasturi uzoqda joylashgan kompyuter tarmog’iga kirish vositasi bo’lib, shu bilan birga Internetda mavjud ma’lumotlar bazasiga ham kiradi. U quyidagi buyruq yordamida ishlaydi.
  • Telnet xost kompyuter nomi
  • Misol: telnet ams.org.
  • Bunda siz Amerika matematika jamiyati xost kompyuteri bilan ulanasiz. Shunday qilib, Telnet ikki kompyuterni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Telnet orqali xost kompyuter bilan bog’lanilganda, undagi dasturlar avtomatik ravishda ishga tushib ketishi va xost kompyuterda mavjud turli ma’lumotlar tezgina olinishi mumkin. Telnet dasturi emulyatsiya qiluvchi dasturdir, ya’ni agar siz klaviaturadan uzoqdagi kompyuterga jo’natilayotgan buyruqlarni tera boshlasangiz, siz bu buyruqlar bajarilishini natijasini o’z monitor ekraningizda ko’rib, go’yoki o’z kompyuteringizda ishlayotgandek his qilasiz. Shuning uchun ham kompyuterda ishlash terminal emulyatsiya qilish deb ataladi
  • FTPdan Telnetning asosiy farqi shundan iboratki, FTPda uzoqdagi kompyuterga fayl uzatiladi yoki undan qabul qilinadi. Telnetda esa uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish natijasi unda mavjud xizmatlar bilan aniqlanadi.
  • Telnetning buyruq holati
  •  
  • Telnet orqali ulanilsa, uzoqdagi kompyuter bilan ishlash imokoniyati paydo bo’ladi va siz uzatadigan buyruqlar uzoqdagi kompyuterda bajariladi. Telnetda buyruq holati va bevosita holatda ishlash imkoniyati mavjud. Buyruq holatida ishlashning belgisi bo’ladi. Bu holatdan hozir siz ishlayotgan kompyuter uzoqlashgan kompyuterda ishlayotgan bo’lsa, undan chiqish uchun Enter bosiladi.

? command

Bu buyruq yordam beruvchi buyruqdir. Agarda command bo’lmasa, telnetning hamma buyruqlar ro’yxatini chiqaradi. Agarda command parametr bo’lsa, unda faqat shu buyruqga oid yordamni beradi.

Open hostname

Bu buyruq bo’yicha hostname ismli kompyuter bilan aloqa bog’laydi. Hostname sifatida domen nom yoki IP manzil ishlatilishi mumkin.

Close

Bu buyruq yordamida uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanish bekor qilinadi. Agar buyruq satrida xost nom ko’rsatilgan bo’lsa, unda u bilan bog’lanish seansi yopilishi bilan telnet dan ham chiqadi.

Quit

Bu buyruq joriy bog’lanishni uzadi va telnet dan chiqishga olib keladi.

Status

Bu buyruqni ishlatilishi ekranda telnetning joriy holatini ko’rsatadi. Bunda uzoqdagi kompyuter nomi ham ekranda paydo bo’ladi.

set escape

Bu buyruq yordamida telnetning buyruq rejimiga o’tishni belgilovchi simvol almashtirilishi mumkin.

Telnet uzoqlashgan kompyuter bilan bog’lanishi boshqa­ruvchi buyruqlarga ega.
Telnetning buyruq holatida ishlatiladigan ba’zi bir buy-ruqlarni keltiramiz.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin