Elektron hukumat” Fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Elektron hukumat va raqamli texnologiyaning rivojlanishi Guruh: 031-19 Bajardi: Mo’minxo’jayev. M tekshirdi: Yuldashev. R toshkent 2023 Reja


Raqamlashtirish holatini yaxshi baho olgan (“yashil” ro‘yxat)



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə5/5
tarix10.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#110649
1   2   3   4   5
Mominxojayev

Raqamlashtirish holatini yaxshi baho olgan (“yashil” ro‘yxat) respublikaning 28 (14%)ta tuman va shaharlari joy oldi, ulardan eng yaxshi o‘ntalikka kirganlari: Navoiy, Jizzax, Namangan, Samarqand, Andijon va Farg‘ona shaharlari, shuningdek Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridir.

Raqamlashtirish holati qoniqarli baho olgan (“sariq” ro‘yxat) umumiy 59 (29%)ta tuman va shaharlar 71 balldan kam baho oldi, ular Kogon, Norin, Qo‘shko‘pir, Mirzacho‘l tumanlari va Olmaliq, Kattaqo‘rg‘on, Yangiyer, Shirin, Zarafshon, Chirchiq, Xonobod va Qo‘qon shaharlari.
Shu bilan birga “sariq” ro‘yxatdagi ba’zi tuman (shahar)lar ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha yaxshi baho olishgan, masalan, “Ijtimoyi sohani raqamlashtirish” yo‘nalishida Yangiyer, Chirchiq shaharlari va Mirzaobod, Xovast tumanlari hamda “Raqamli infratuzilma” yo‘nalishida Olmaliq, Bekobod shaharlari va Norin, Mirzachul, Qorovulbozor tumanlari 91 balldan yuqori ball to‘plagan.
Raqamlashtirish holati qoniqarsiz baho olgan (“qizil” ro‘yxat) 116 (57%)ta tuman va shaharlar 55 balldan kam baholangan.
Eng past ball to‘plagan 14 tuman 40 balldan kam baholangan, xususan, Dehqonobod, Qo‘shrabot, Chiroqchi, Forish, Qamash, Quva, Yakkabog‘, G‘uzor, G‘allaorol, Bandixon, Amudaryo, Muzrabot, O‘zbekiston va Qo‘shtepa tumanlari.
Shu bilan birga, “qizil” ro‘yxatdan ayrim tuman (shahar)lar ma’lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshi baho oldilar, masalan, Buloqboshi, Jalaquduq, Baliqchi, Urganch, Marxamat tumanlari “Raqamli infratuzilma” ko‘rsatkichida 82 va undan ortiq ball to‘pladi.

Hududlarni raqamli rivojlanish holatini alohida ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilishda quyidagi natijalarni ko‘rsatdi.


Raqamli infratuzilma” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 86 (42%)ta tuman (shahar)lar “yashil” ro‘yxatdan joy olib 71 balldan ziyod bahoni qo‘lgan kiritdi, ulardan birinchi o‘ntaligi Xiva, Farg‘ona, Zarafshon, Bekobod, va Mirzacho‘l, Uchtepa, Olmazor, Zarbdor, Norin va Shayxontoxur tumanlaridir.
Shu bilan birga 73 (36%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga, 44 (22%)ta tuman (shahar)lar esa “qizil” ro‘yxatga kiritildi (Forish, Dehqonobod, Qo‘shrabot, Qorao‘zak, Yakkabog‘, Chirchiq, Qamashi, Qo‘shtepa, Shumanay, Amudaryo va boshqa tumanlar).
Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 22 (11%)ta tuman (shahar)lar 71 balldan ortiq ballni qo‘lga kiritib “yashil” ro‘yxatga kiritildi, ulardan yetakchi o‘ntalikka Navoiy, Termiz, Jizzax, Nukus, Namangan, Guliston shaharlari va Toshkent shahrining Chilonzor, Yakkasaroy, Uchtepa tumanlari hamda G‘ijduvon tumanidir.
Shu bilan birga 26 (13%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga kirdi va 155 (76%)ta tuman (shahar)lar “qizil” ro‘yxatga kirdi (Chinoz, Parkent, Oqqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, Izbosgan, Ulug‘nor, Uchquduq, Buka, Oqdaryo, Zafarobod, Bulung‘ur, Quyichirchiq va boshqa tumanlar).
Ijtimoiy sohani raqamlashtirish” yo‘nalishini baholash bo‘yicha 61 (30%)ta tuman (shahar)lar 71 balldan ko‘p to‘plagan holda “yashil” ro‘yxatga kirdi, shulardan yetakchi o‘ntalikka Xiva va Qarshi shaharlari hamda Toshkentning Shayxontohur, Sergeli, Olmazor, Uchtepa, Bektemir, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod tumanlari.
Shu bilan birga, 43 (21%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga va 99 (49%)ta tumanlar “qizil” ro‘yxatga kiritildi (Rishton, Urgut, Buvaida, Dang‘ara, Toshloq, Zomin, Kuva, Uchko‘prik, Chiroqchi, Shahrixon, Bandixon, Amudaryo va boshqa tumanlar).
Raqamli ta’lim” yo‘nalishini baholash bo‘yicha faqatgina 13 (6%)ta tuman (shahar)lar 71 balldan yuqori ko‘rsatkich bilan “yashil” ro‘yxatga kiritildi, ularning o‘ntalik qatoriga Samarqand, Andijon, Urganch, Namangan, Jizzax, Navoiy, Nukus, Buxoro, Qarshi shaharlari va Toshkent shahrining Yunusobod tumani.
Shu bilan birga, 23 (12%)ta tuman (shahar)lar “sariq” ro‘yxatga, 167 (82%)ta tuman “qizil” ro‘yxatdan joy oldi (Chiroqchi, Yuqorichirchiq, Bo‘stonliq, Mirishkor, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Farg‘ona, Shofirkon, Kattaqo‘rg‘on, Tomdi, Paxtaobod, Guliston va boshqa tumanlar).

Xulosa
Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, davlat sektorida IT-vositalardan oqilona foydalanish davlat xizmatlarining shaffofligi, tezkorligi va hisobdorligini ta’minlash bilan bir qatorda, fuqarolarimizning muammolarini tezkor va samarali hal qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish uchun barcha jabhalarda jamoaviy ishlash zarurligini yodda tutishimiz lozim. Faqat birgalikda qilingan sa’y-harakatlargina O‘zbekiston elektron hukumatini jahon mamlakatlari elektron hukumatlari reytingi yetakchilari qatoriga olib chiqishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Raqamli iqtisodiyot asoslari’’ darslik “SamDu” nashriyoti, 2020-yil.
2. R. H. Ayupov “Raqamli iqtisodiyot: muammolar va yechimlar” Toshkent-2019 y.
3. В. Д. Андрианов “Экономический и инвестиционный потенциал” Москва – 1999 г.
4. https://mitc.uz
5. https://xabar.uz
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin