Elektron hukumat


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti



Yüklə 427,79 Kb.
səhifə4/8
tarix14.11.2022
ölçüsü427,79 Kb.
#69006
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektron hukumat

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

Elektron hukumat termini xukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini to‘laqonli bajarishi nazarda tutadi.
Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash jarayonini transformatsiyasi tushuniladi.

Elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlari orqali umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi1.



  1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari (Global tarmoqlar - WAN (Wide Area Network) o‘ziga butun dunyo bo‘yicha hamma abonentlarni, lokal va mintaqaviy tarmoqlarni o‘ziga telefon yoki sputnik aloqa tarmog‘i orqali birlashtiradi), internet, faks va telefon).

  2. Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).

  3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni targ‘ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish).

  4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.

<<3>>
Elektron hukumatning asosiy vazifalari.
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;

  • ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish;

  • o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;

  • aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;

  • naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.


Yüklə 427,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin