Elektron-kovak o‘tish va uning turlari



Yüklə 95,16 Kb.
səhifə2/4
tarix13.04.2023
ölçüsü95,16 Kb.
#97257
1   2   3   4
Elektron-kovak o‘tish va uning turlari

Nuqtaviy n-p-o‘tish. Nuqtaviy p-n o‘tishlarni tayyorlash uchun n-turdagi germaniydan foydalaniladi. Oldindan silliqlangan plastinkaga diametri 20-30 mkm bo‘lgan beriliy bronzadan qilingan nina zond maxkamlanadi. Keyin elektrokavsharlash usulida zond orqali qisqa vaqtli impulsli quvvatli tok o‘tkaziladi. Kontakt joy zond materialni erishigacha qizdiriladi va mis germaniy ichi tomon diffuziyalanib, zond ostida ancha katta bo‘lmagan hajmda p-tur sohani hosil qiladi, chunki mis germaniy uchun akseptor kirishma vazifasini o‘taydi (1-rasm).

1-rasm. Nuqtaviy p-n o‘tish tuzilmasining ko‘rinishi.
Qotishmali p-n o‘tishlar. Qotishmali usulni qo‘llaganda, silliqlangan va yedirilgan monokristall germaniy n-tur plastinkaga uch valentli kichkina metall parcha indiy o‘rnatilib (2-rasm a), keyin inert gaz muhitida yoki vakuumda 550-6000S temperaturagacha qizdiriladi. Bunda indiy shu temperaturada eriydi va hosil bo‘lgan tomchi germaniyni o‘zida eritadi (2-rasm, b). Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng pechka o‘chiriladi. Sovuq indiyda germaniyning eruvchanligi kam, shuning uchun sovish natijasida germaniy qayta kristallana boshlaydi va tomchi tubida p-turdagi qayta kristallangan yupqa qatlam hosil bo‘ladi (2-rasm).

2 -rasm. Qotishmali p-n o‘tish tuzilmasining hosil bo‘lishi.


Qayta kristallanish paytida germaniy indiy atomlarini egallab oladi. Sovigan tomchining qolgan qismi yetarli tozalikdagi indiy bo‘lib, omik kontakt vazifasini bajaradi. Unga tashqi chiqqich, odatda, ingichka nikel simi kavsharlanadi.


Germaniy pastki qismiga Sn(qalay) o‘tqaziladi, u n-germaniy uchun omik kontakt vazifasini o‘taydi. Bu yerda ham tashqi chiqqich sifatida nikel simidan foydalanish mumkin (3-rasm). Hosil bo‘lgan p-n o‘tishlar keskin o‘tishlar bo‘lib, ularning maydoni nuqtaviy p-n o‘tishlarga nisbatan katta bo‘lganligi uchun sig‘imi ancha katta. Shuning uchun bunday o‘tishlar asosan quvvatli diodlar va tranzistorlar tayyorlashda qo‘llaniladi.

3-rasm. Qotishmali p-n o‘tish tuzilmasi.

4-rasm. Diffuzion p-n o‘tishning hosil bo‘lishi.

Yüklə 95,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin