Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda elektron kutubxonalar foaliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-sonli Qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Qarorning birinchi ilovasiga ko‘ra, «Elektron kutubxona to‘g‘risida namunaviy Nizom» ishlab chiqilgan. Nizomning «Umumiy qoidalar» deb nomlangan birinchi bobida quyidagilar berilgan:

1. Ushbu Namunaviy nizom axborot-kutubxona muassasalari elektron kutubxonasining vazifasi va tashkiliy asosini belgilaydi.
2. Elektron kutubxona axborot-kutubxona muassasasi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi.
3. Elektron kutubxona elektron shaklda taqdim etilgan, ko‘p foydalaniladigan tarzda taqsimlangan turli axborot-kutubxona resurslarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradi.
4. Elektron kutubxonadan foydalanish qoidalari axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan belgilanadi.