Elektron kutubxonalarning paydo bo‘lishi tarixi masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu boradagi birinchi ilmiy qarashlar amerikalik olimlar Venivar Bush (inglizcha, Vannevar Bush) va Dj.C.R. Liklider (inglizcha, J.C.R. Licklider)ga tegishli. Mazkur olimlar elektron kutubxonalarning umumiy tamoyillarini tavsiflash bo‘yicha dastlabki g‘oyalarni ilgani surgan.

1965-yilda Dj.C.R. Liklider tomonidan nashr etilgan «Kelajakdagi kutubxonalar» kitobida chindan ham foydalanuvchilarga qulay elektron kutubxonalarni yaratish uchun zarur bo‘lgan tadqiqotlar va ishlanmalarning ro‘yxatini keltirdi.

XX asrning 60-yillaridan kutubxona ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash uchun kompyuterlardan foydalanish boshlandi. Dastlabki muvaffaqiyatli misollardan biri Kongress kutubxonasida mashinada o‘qiladigan kataloglarni yaratish va yuritish uchun MARC (Machine-Readable Cataloging – Mashina o‘qiladigan kataloglashtirish) formatini yaratish bo‘ldi. Onlayn Kompyuter Kutubxonasi Markazida (Online Computer Library Center, OCLC) undan foydalanish ko‘plab kutubxonalarga kataloglarga kirishni ta’minlab, ularga katta xarajatlarni tejashga imkon berdi