Bugungi kunda dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida milliy elektron kutubxonalar yaratish borasida «maxsus loyihalar» tuzilgan. Masalan:
Bugungi kunda dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida milliy elektron kutubxonalar yaratish borasida «maxsus loyihalar» tuzilgan. Masalan:
Yaponiyada — «XXI asrning raqamli kutubxonalari»
Rossiyada — «LibWeb» (1995-yil) va «LibWeb2» (2001- yil)
Germaniyada — «Global-Info»,
Fransiyada — «Gallica» (http://gallica.bnf.fr)
Ispaniyada — «Ispaniya xotirasi»
Finlyandiyada — «FinLib» (Milliy elektron kutubxona) dasturi
Shvetsiyada — «Raneberg» kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
MDHga oid dasturlar:
Maksim Moshkov kutubxonasi. Veb manzili: http://lib.ru.
eLIBRARY.RU ilmiy elektron kutubxonasi. Veb manzili: https://www.elibrary.ru;
Rossiya davlat kutubxonasining elektron kutubxonasi. https://www.rsl.ru;
Rossiya davlat kutubxonasining Dissertatsiyalar elektron kutubxonasi. Veb manzili: http://diss.rsl.ru;
«Rossiya ilmiy merosi» elektron kutubxonasi. Veb manzili: http://e-heritage.ru;
«KiberLeninka» ilmiy elektron kutubxonasi. Veb manzili:https://cyberleninka.ru.
Jahon miqyosida elektron kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish:
2002-yil — Google kitoblarni raqamlashtirish uchun o‘z loyihasini boshladi. 2004-yilning dekabrida «Google Print» kutubxona loyihasi e’lon qilinib, u 2005-yil 17-noyabrda «Google Book Search» («Google Kitob Qidiruvi») deb qayta nomlandi. Veb manzili:https://books.google.com.
2005-yil — Moskvada Rossiya davlat kutubxonasi, Rossiya Fanlar akademiyasining tabiiy fanlar kutubxonasi tashabbusi bilan «Rossiya elektron kutubxonalar assotsiatsiyasi» (ruscha, «Rossiyskaya Assotsiatsiya elektronnыx bibliotek») tashkil etildi. Veb manzili http://www.aselibrary.ru
2008-yil 20-noyabr — «Europeana» (ruscha, «Evropeana») – Evropa raqamli kutubxonasi ishga tushirildi. Veb manzili: https://www.europeana.eu
2009-yil 21-aprel — «Butunjahon raqamli kutubxonasi» (inglizcha, «World Digital Library») rasmiy ochildi. Veb manzili: https://www.wdl.org/ru).