Materiallar ixtiyoriy ravishda yuborish yo‘li bilan
Mualliflardan va nashriyotlardan sotib olish.
Elektron arxiv — ishonchli saqlash, maxfiylik va kirish huquqlarini ta’minlovchi, hujjatlardan foydalanish tarixini kuzatib boruvchi hamda tezkor va qulay qidiruvni ta’minlaydigan tizimlashtirilgan saqlash tizimi. Uning asosiy vazifasi ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashdir. Elektron arxiv — tashkilotdagi barcha hujjatlar uchun markazlashtirilgan omborxona hisoblanadi. U yagona (bitta) tizim tufayli har bir ob’ektning joylashishini va elektron kataloglarga, klassifikatorlarga umumiy kirish nuqtasining mavjudligini va qayta ishlash tarixini saqlanishini nazorat qilish imkonini beradi.

Elektron arxivning asosiy vazifalari:
Elektron arxivlarni elektron hujjatlar bilan jamlash, hisobga olish, ularni saqlash, shuningdek ulardan foydalanishni ta’minlash;
elektron arxivda saqlanayotgan elektron arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun ilmiy ma’lumotnoma apparatini tuzish;
elektron hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tashkilotning tarkibiy bo‘linmalariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
axborot resurslarining arxiv nusxalarini tayyorlash va ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat saqloviga topshirish;
elektron arxivning axborot resursini axborot xavfsizligini ta’minlash.