interfaol muloqat – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi.
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
fan sohalarini axborotlashtirishni;
o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishni;
integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish ва педагогик фаолиятнинг самарадорлигини мониторинг этишни тақозо этади.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga;
o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga;
interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigatsiya va keng ko‘lamli qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi telekommunikatsiya tarmog‘i tuguni bo‘lib, u: