Elektron raqamli imzo to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə7/7
tarix23.05.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#120556
1   2   3   4   5   6   7
Abdulaxad

19-modda. Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish
Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Muhr o‘rnida ishlatish
Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‘oz hujjatning mazmuni qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21-modda. Nizolarni hal etish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-dekabr,
562–II-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin