Elektron spektroskopiya Mundarija Kirish I bob. Adabiyotlar sharhi



Yüklə 212,76 Kb.
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü212,76 Kb.
#36119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Elektron spektroskopiya

Xulosa

Mavzuni o’rganishda quyidagi xulosalarni keltirdim. Spektroskopiya materiya va nurlanish orasidagi bogʻliqlikni oʻrganuvchi ilmiy sohadir. Tarixan, spektroskopiya oq yorugʻlikning shaffof jismlardan oʻtayotib, toʻlqin uzunliklari turli boʻlgan ranglarga ajralishini kuzatishdan boshlangan. Keyinchalik ushbu konsept nafaqat koʻrinuvchi yorugʻlik, balki har qanday elektromagnit nurlanishning modda bilan oʻzaro taʼsirlanishini oʻz ichiga qamrab oldi. Spektroskopik maʼlumot odatda spektr yordamida beriladi.

Umuman aytganda bu birinchi davrda spektroskopiya faqat tajribaviy fan sifatida rivojlandi. Bu davrda moddalar chiqargan spektrlari shu moddaning tashkil etgan atom va molekulalar orasidagi bog‘lanishning mohiyati ochib berilmagan.

Har bir spektral chiziq (yutilish, chiqarish va sochilish) о‘zining chastotasi bilan, integral va spektral intensivligi bilan dipolyarizasiya koeffisiyenti bilan yarim kengligi bilan va boshqa kattaliklari bilan xarakterlanadi.

Spektral chiziqlarning intensivliklari о‘tish ehtimoliyatiga bog‘liq. Faraz qilamizki E1 va E2 energiyalar bilan xarakterlanadigan stasionar holatlar berilgan bо‘lsin. Bu holatdagi sermolekulalikni yoki molekulalarning zichligini N1 va N2 bilan belgilaymiz. Biron dt vaqt ichida birinchi holatdan ikkinchi holatga energiyani yutish bilan о‘tgan molekulalarning soni quyidagiga teng bо‘ladi.

Elektromagnit spektrining ultrabinafsha sohasi to‘lqin uzunligini qiymatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan ikki xil sohachalarga, ya’ni uzoq ultrabinafsha va yaqin ultrabinafsha sohachalariga bo‘linadi. Birinchi sohadagi to‘lqin uzunligining qiymati 190 nm dan kichik bo‘lib, uning oxirgi kichik qiymati rentgen nurlarining sohasiga yaqinlashadi. Yaqin ultra­binafsha sohaga tegishli bo‘lgan to‘lqin uzunlikning qiymati 190 nm dan yuqori bo‘lib 450 nm gacha bo‘lgan sohani o‘z ichiga oladi. Uzoq ultrabinafsha sohani o‘rganish murakkab asbob-uskunalarni talab qiladi.



Yüklə 212,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin