3.1 Elektron spektroskopiya usulining qo’llanilish sohalari va ahamiyati
Tuzilishi o‘rganilayotgan modda UB sohada yutilish maksimumiga ega bo‘lmasa, uning tarkibida diyen, poliyen sistemalarining, aromatik xalqa va karbonil guruxi yo‘qligidan dalolat beradi.
Agar molekulada bitta qo‘shbog‘ yoki uch bog‘ bo‘lsa, ya’ni etilen va atsetilenning oddiy hosilalarining UB spektrini nazarda tutsak, ularga tegishli bo‘lgan * elektron o‘tish maksimumining qiymati 200 nm dan kichik qiymatli sohada namoyon bo‘ladi, shuning uchun bunday birikmalar amaliyotda UB spektri bilan o‘rganilmaydi, ammo qo‘shbog‘lar sonining ortib borishi molekulada yutilish maksimumlarini katta to‘lqin uzunlik sohada namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Konyugirlangan bog‘li diyenlar uchun * o‘tishga tegishli bo‘lgan yutilish 215-270 nm oralig‘ida sodir bo‘lib, spektr maksimumining qiymatlari diyen tuzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar diyen trans-konformatsiyali tuzilishda bo‘lsa, uning yutilish maksimumi sis-konformatsiyalini-kidan kichikroq qiymatli sohada namoyon bo‘ladi (4-jadval). Molekulada qo‘shbog‘larning joylashishiga qarab izomer birikmalarni bir-biridan farq qilish mumkin. Masalan,
Demak, moddalarning UB sohada yutilish maksimumi asosida molekula tarkibida poliyen sistema borligini va konyugirlangan qo‘shbog‘larning sonini aniqlash mumkin.
Tarkibida karbonil guruxi tutgan moddalar - aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari va ularning hosilalari tabiatda va sintetik kimyoda keng tarqalgan birikmalar hisoblanadi. To‘yingan aldegid va ketonlar uchun yutilish maksimumi 275-290 nm. ni tashkil etadi va yutilish n* elektron o‘tishga tegishli hisoblanadi. By o‘tish simmetriya bo‘yicha taqiqlangan bo‘lgani uchun maksimum intensivligi kichik bo‘ladi (15-20). Aldegid va ketonlar yutilish maksimumining qiymatiga erituvchining tabiati ta’sir qiladi. Karbonil guruxi bilan vodorod bog‘ hosil qiluvchi erituvchilar (СО....Н-О-R) yutilish maksimumining qiymatini kichik to‘lqin uzunlik sohaga (gipsoxrom) siljishiga sababchi bo‘ladi, chunki vodorod bog‘ining hosil bo‘lishi p-orbitalning energetik holatini kamaytiradi.
Kislotali muhitda n elektron o‘tish maksimumi kuzatilmaydi, chunki bu sharoitda karbonil guruxidagi kis-lorodning taqsimlanmagan elektronlari kislotaning vodorod ionlari bilan bog‘lanib qoladi, ya’ni protonlanish hodisasi ro‘y beradi. Karbonil guruxiga tegishli bo‘lgan maksimum asosan katta to‘lqin uzunligidagi sohada namoyon bo‘ladi.
To‘yinmagan aldegid va ketonlar UB sohada yuqori intensivlikdagi * va kamroq intensivlikdagi n* elektron o‘tishlarga tegishli yutilish maksimumlarini namoyon qiladi. Karbonil guruxiga tegishli bo‘lgan n* elektron o‘tish to‘yingan aldegid va ketonlarga nisbatan to‘yinmagan birikmalarda katta qiymatli to‘lqin uzunlik sohasida yutilish maksimumini hosil qiladi.
Aromatik birikmalarning UB spektri murakkabligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Benzol UB sohada ikkita maksimumni, ya’ni макс200 нм ( 8000 ) ва макс255 нм ( 200) hosil qiladi. Agar benzol xalqasida o‘rinbosar bo‘lsa, yutilish maksimumi o‘rinbosarlarning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, alkil radikali 6 nm, galogen 9 nm, ОН, ОСН3 15 нм, NH2 bo‘lsa Қ25 nm ga oshiradi (5-racm).
7-расм. Бензол ва унинг ҳосилаларининг
UB spektrlari: 1-benzol; 2-fenol; 3-anilin.
Agar benzol xalqasidagi o‘rinbosarlar soni ikkita bo‘lsa, yutilish maksimumlari o‘rinbosarlarning bir-biriga nisbatan xalqada joylashishiga va o‘rinbosar elektrono-donor yoki elektrono-akseptorligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Orta va meta izomerli benzol hosilalarining UB spektrlari bir-biriga o‘xshash, ammo para-izomerlarniki esa ulardan keskin farq qilib, bitta intensiv yutilish maksimumini namoyon qiladi.
Kondensirlangan aromatik birikmalarning UB sohadagi yutilish maksimumining intensivligi yuqori bo‘lib, ularda benzolga nisbatan bataxrom siljish namoyon bo‘ladi. Masalan, naftalin максқ221 nm ( 117000), 275 nm ( 10000), 297 nm ( 650), antratsen максқ251 nm ( 200000), 265 nm ( 7500).
Keltirilgan ma’lumotlar to‘yinmagan geteroxalqali birikmalarning UB sohada yutilish maksimumlari benzol molekulasining yutilishiga yaqinligidan dalolat beradi.
Agar geteroxalqali birikmalar qo‘shbog‘ tutgan birikmalar bilan bog‘langan bo‘lsa, bataxrom siljishni kuzatish mumkin.
Agar benzol xalqasi besh xalqali geteroatom tutgan birikma bilan kondensirlangan bo‘lsa, masalan indol sistemasida, ikkita yutilish maksimumi namoyon bo‘ladi (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: |