bir nechta WEB - vitrinalar, Internet do’konlar joylashgan, xaridorlarga qulay bo’lishi uchun do’kon va vitrinalar integrastiyalashgan kataloglar va interfeyslarga ega bo’lishi mumkin.
Savdo Internet tizimlari (SIT) – elektron tijoratning maxsus tizimlari bo’lib, yirik savdo kompaniyalari, korporastiyalar, xoldinglar, ishlab chiqarish korxonalarining ta’minot va mahsulotni sotish bo’limlari mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Savdo Internet tizimlari (SIT) – elektron tijoratning maxsus tizimlari bo’lib, yirik savdo kompaniyalari, korporastiyalar, xoldinglar, ishlab chiqarish korxonalarining ta’minot va mahsulotni sotish bo’limlari mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bu tizim Internet - do’kondan o’zining avtomatlashtirilgan savdo tizimi bilan bevosita aloqasi, korxona resurslarini boshqara olishi va shu bilan kompaniyalarning tashkil topib bo’lgan biznes jarayoni qatoriga o’tgani bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqaruvchi SIT tarkibidagi tizimlarni o’zining distribyutor va reseller tarmog’i orqali, distribyutor esa, o’zining dillerlik tarmog’i orqali boshqarishi mumkin.
Aukstion – WEB-sayt, bunda istagan talablar xohlagan tovarni o’zi belgilangan boshlang’ich narx orqali sotuvga qo’yishi mumkin. Belgilangan muddat tugagach, sotuvchi shu tovar uchun eng yuqori narx taklif etgan xaridor bilan bog’lanishi va an’anaviy tarzdagi savdo - sotiq ishini amalga oshirishi mumkin.
3. Elektron to‘lovlar: debet va kredit, naqd pul to‘lovlari,elektron pul
Elektron to'lov tizimi yoki elektron to'lov tizimi bu moliya tashkilotlari, biznes tashkilotlari va Internet foydalanuvchilari o'rtasida Internet orqali tovarlar sotib olish va sotish paytida to'lovlarni amalga oshirish tizimidir. Bunday tizimlar an'anaviy to'lov tizimlarining elektron variantidir va quyidagilarga bo'linadi:
debet (elektron cheklar va raqamli naqd pul bilan ishlash);