2-mavzu. Elektron tijorat tizimlarining me’yoriy-huquqiy bazasi Elektron tijorat tizimlari haqida tushuncha va uning raqamli iqtisodiyotdagi o’rni. O’zbekistonda elektron tijorat tizimlarini rivojlanish tendentsiyalari. Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimlari tizimidan foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasi. Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun, elektron tijorat tizimlari haqidagi qonun, elektron xujjat almashinuvi haqidagi qonun, elektron raqamli imzo haqidagi qonun, axborotlar xavfsizligini ta’minlashga oid qonun va qarorlar, bank faoliyatiga oid qonun va qoidalar, sug’urta va soliq faoliyati, valyuta konvertatsiyasi mexanizmi, mijoz va xoridor orasida kelib chiqadigan muammolarni xal etish chora-tadbirlari, elektron tijorat tizimlarining huquqiy asoslari, litsenziya va sertifikat, axborot xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, konsultatsiyalar tashkil etish.
3- mavzu. Elektron tijorat tizimlarining asosiy modellari va tamoyillari Elektron tijorat tizimlari modellari haqida tushuncha. Tamoyillarini xususiyati va yaratilishi. Elektron tijorat tizimlari sektorlaridagi modellarni ishlash jarayonlari. B2B (Business to business). C2C (Consumer-to-consumer). G2C (Goverment to consumer). C2B (Consumer-to-business). Elektron tijorat tizimlari jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli: tijorat-tijoratga; tijorat-xoridorga; tijorat-davlatga; xoridor-tijoratga; xaridor-xaridorga; xaridor-davlatga; davlat-tijoratga; davlat-xaridorga; davlat-davlatga.
4-mavzu. Elektron tijorat tizimlarining B2B-(Business to business) sektori Elektron tijorat tizimlari B2B – (Business to business) sektori haqida tushuncha. B2Bda elektron tijorat tizimlari sektorlari: B2B – yuridik shaxs, tashkilot; B2C – yuridik va jismoniy shaxs; B2G – yuridik shaxs va davlat tashkiloti. elektron tijorat tizimlari jarayonida ishtirok etuvchilarning o’zaro munosabati modeli turlari. B2B (Electronis Data Interchange-EDI, E-MARKETING, “E-TRADE”, E-CASH, ELECTRONIC FUNDS TRANSFER-EFT dasturining ishlash texnologiyasi. Tashkilotlarda va tadbirkorlikda elektron tijorat tizimlarini B2B sektoridan foydalanishda samaradorlik omillari. O’zbekistonda elektron tijorat tizimlarini B2B sektorini rivojlantirish munosabatlari.