Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 418
bo’lganligi sababli, elektron tijorat hatto eng kichik korxonalarga ham global
miqyosda mavjud bo’lishga va biznes yuritishga imkon beradi.
O’zbekistonda elektron tijorat sohasi o’zining rivojlanish bosqichida turibdi.
Bugungi kunda elektron tijorat hajmi mamlakat YaIM ning bir foizga yaqinini tashkil
etadi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirish uchun unga ta’sir etuvchi omillarni
aniqlash, ular orasida bog’lanishlar ko’rinishini tadqiq qilish va shu asosda kelgusi
davrlarga prognozlash zarur.
Ular jumlasiga internetdan foydalanuvchilar soni, internet xizmatlar tariflari
qiymati, internet do’konlar soni, elektron tijorat bo’yicha tranzaksiyalar, electron
tijorat bo’yicha tranzaksiyalar hajmi, POS terminallar orqali amalga oshirilgan
umumiy tranzaksiyalar, plastik kartalar soni, plastik kartalar bilan tranzaksiyalar
hajmi, bankomatlar va infokioskalar soni va boshqa bir qator omillarni keltirish
mumkin. Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini
topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida
erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining
yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston
iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot
texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari,
axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va
tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot
texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim
standartlarining
oshishi,
milliy
telekommunikatsiya
tarmoqlarining
modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan
jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina
sodir bo’ladi.
O’zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida
biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning
ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron
tijorat so’zining ma’nosini tushunishga harakat qilib ko’rgan. Hali o’zining uzoq
tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog’liq AQSh bozorlarida
yiliga o’rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag’lar aylanadi.