Elektronika va asbobsozlik


Tushuntirish xatini tartiblash ketma ketligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/11
tarix06.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#108585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
АСЛУС КУРС лойиха Курсатма

6.1.1. Tushuntirish xatini tartiblash ketma ketligi:
-titul varag’i;
-kurs loyihaga topshiriq;
-mundarija;
-tavsiya etilgan ketma-ketlikda tushuntirish hati bo’limlari;
-spetsifikatsiya;
-ilovalar;
-foydalanilgan manbalar ro’yhati.
Tushuntirish hati qattiq muqovaga muqovalangan bo’lib papkaga solinadi.


6.2 Loyihaning grafik qismini shakllantirish

Loyihaning grafik qismi A2 formatdagi qog’ozga konstruktorlik xujjatlarning yagona tizimi standartlariga mos holda bajariladi. CHizmalarni bajarishning sifatiga qo’yiluvchi asosiy talab bo’lib, chizmalar tasvirlarini aniqligi, shuningdek tushuntirish yozuvi va o’lchamlarni mavjudligi (texnik tavsiflar, talablar) hisoblanadi.


CHizma maydoni GOST 2.301-68 ga mos formatda aniqlanadi va asosiy yozuvlar GOST 2.105-79 ga mos bo’lishi kerak. Asosiy yozuvlar varaqni uzun tomoni bo’ylab o’ng pastki qimida joylashgan bo’ladi. Asosiy yozuvni barcha graflarini to’ldirish shart (ilova 1). A2, A3 va A4 formatdagi chizmalar A1 formatdagi qog’ozga tasvirlanadi.
6.2.1. Avtomatlashtirishning funktsional sxemasi

Funktsional sxemalar avtomatlashtirish sistemalari loyihasining asosiy texnik hujjati bo’lib, unda texnologik ob’ekt va avtomatik nazorat, rostlash boshqarish va shu kabi vositalari birgalikda tasvirlanadi
Funktsional sxemalarni tuzishda Davlat Standarti DS21.404-05 va ko’rsatma material RM4-4-05 talablariga rioya etiladi.
Funktsional sxemalarni loyihalash jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi:

  1. Texnologik jarayonning muqobil avtomatlashtirish hajmi aniqlanadi;

  2. Avtomatik tarzda nazorat, rostlash va boshqarish lozim bo’lgan texnologik parametrlar belgilanib, texnik vositalar majmuasini tanlash maqsadida ularing o’lchash chegaralari, usullari aniqlanadi;

  3. Masofadan va avtomatik boshqariladigan ijro mexanizmlari tanlanadi;

  4. Texnologik jihoz, apparat va uskunalarning avtomatik tarzda himoya va blokirovka etish uchun yetarli bo’lgan hajmi belgilanadi;

  5. Asbob, avtomatika vositalari va apparaturalarini shchit va pulьtlariga, shuningdek, joyiga, dispetcher punktlariga joylashtirish hal etiladi.

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funktsional sxemalarini ishlab chiqishda quyidagi talab va qoidalarga amal qilinadi:

  1. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda texnologik jarayonning xarakterini, jarayonning yong’inga va portlashga moyilligini, atrof-muhitning zaharliligini va yemiruvchiligini, o’lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy hossalarini va parametrlarini; o’lchash o’zgartkichlarining o’rnatilgan joyidan nazorat va boshqarish punktlarigacha masofasini; boshqarish sistemasiga ishonchlilik, aniqlik va tez ta’sir etish kabi talablarni hisobga olish zarur.

  2. Avtomatlashtirishda texnik vositalarning ommaviy (seriyalab) ishlab chiqariladiganlari asosida tuzilishi lozim; bunda ular o’zining soddaligi, o’zaro mos kelishi, shchit va pulьtlariga o’rnatish qulayligi bilan tasniflanuvchi texnik majmualaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  3. Ommaviy ishlab chiqariladigan asbob, texnik vosita va apparaturalarini qo’llash imkoni bo’lmaganda yangi vositalarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq beriladi.

  4. Yordamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) ta’minlanuvchi vositalarni tanlash texnologik ob’ektning yong’in va portlash havflilik sharoitlari bilan, shuningdek axborot va buyrug’ signallarining tez ishlashi va uzatishi masofasiga qo’yiladigan talablar e’tiborga olinadi.

  5. Dispetcherlik shchit va pulьtlariga o’rnatiladigan signallash va boshqarish apparaturalarining cheklangan bo’lishi kerak, aks holda hizmat ko’rsatuvchi hodimlarning e’tiborini asosiylaridan chetga tortadi, sistemani murakkablashtiradi, narhini oshirib yuborishga olib keladi.

  6. Ikkinchi darajali, yordamchi asbob va avtomatika vositalarini iloji boricha ayrim shchitlarga joylashtirib, ular ishlab chiqarish xonalarida bo’lgani ma’qul.

  7. Funktsional sxemada texnologik jarayon odatda yordamchi, ikkinchi darajali apparatlarsiz, soddalashtirilgan holda ko’rsatilib, chizmaning yuqori qismida keltiriladi va texnologik ob’ektning ishlash printsipi, avtomatika vositalari bilan munosabati haqida to’la tasavvur berishi kerak; texnologik jarayonga tegishli truboprovodlarga o’rnatiladigan rostlovchi organ, armaturalarning faqatgina nazorat va avtomatik rostlashda qatnashadiganlarigina ko’rsatiladi.

Funktsional sxemada avtomatlashtirishning vositalari va asboblari GOST 21.208-2013 bo’yicha tasvirlanadi. Funktsional sxemani bajarilish namunasi 2-ilovada keltirilgan. Avtomatlshatirish vositalari va asboblarga spetsifikatsiya A4 formatdagi varaqlarga bajariladi.spetsifikatsiyaning birinchi varag’ida asosiy yozuvli shtamp joylashtiriladi, keyingilarda kichik o’lchamdagi shtamp tasvirlanadi. Spetsifikatsiya tushuntirish xatiga tikilib qo’yiladi (ilova 2).



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin