Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.07.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#135892
  1   2   3   4
1-maruza (1)



“АVTOMATIK BOSHQARISH NAZARIYASI“ 
FANIDAN 
 
 
Tuzuvchi: ENERGETIKA FAKULTETI
“ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK” КАФЕДРАСИ
Asistenti, D.X.Raxmonov
5311000-TJICHAB yo‘nalishi talabalari uchun.
 


1-mavzu
.
Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. Avtomatik boshqarish 
sistemalariga misollar 
 
Reja: 
1.
Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish nazariyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
2.
Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. 
3.
Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
avtomatika, texnologik jarayonlar, effektivlik ishlab chiqarish jarayonlari, 
mashinasozlik avtomatlashtirish, avtomatik tizim, texnik qurilma, sozlash, boshqarish, statika, dinamika
chiziqlantirish. 
 
Kirish
. Fan va texnikaning rivojlanishi uning turli tarmoqlardagi avtomatikaning kirib kelishiga sababchi 
bo‘ldi. Avtomatlashtirilgan tizimlarning keng tadbiq etilishi va muvaffaqiyatli qo‘llanilishi esa yuqori darajada 
nazariy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash yo‘li bilangina amalga oishirilishi mumkin. 
Tavsiya etilayotgan ma'ruzalar kursi “avtomatik boshqarish nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturiga mos 
holda tayyorlangan bo‘lib, texnika oliy o‘quv yurtlaridagi “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr 
texnologiyalar” yo‘nalishlarida o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan.


Ushbu ma’ruzalar kursi quyidagi masalalarni qamrab olgan: elektr mexanik ob'yektlarni avtomatik 
boshqaruv tizimlarini ifodalovchi matemetik modellarni tuzish va avtomatik boshqaruv tizim tarkibidagi 
andozaviy bo‘g‘inlarining statik va dinamik xarakteristikalarini taxlil qilish, elektromexanik avtomatik boshqaruv 
tizimini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning tarkibidagi andozaviy bo‘g‘inlar parametrlariga ta'sir ko‘rsatib 
texnologik jarayon talablariga javob beruvchi optimal boshqaruv tizimini yaratish. 
Fan o`qitilishidan maqsad – avtomatik boshqarish tizimlarini o‘rganish differensial tenglamalar vositasida 
avtomatik boshqaruvni matemetik ifodalash dinamik bo‘g‘inlar hususiyatlarini o‘rganish funksional va 
strukturaviy sxemalarni tahlil qilish, chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqaruv tizimlarini uzatish funksiyalari va 
chastotali xarakteristikalari, ularning turg‘unligi sintez masalalari va korreksiya qiluvchi bo‘g‘inlarni tanlash, 
nochiziqli impuls tizimlar bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir. 
O‘quv fani o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy (elektrotexnikaning nazariy asoslari, elektr yuritma 
asoslari, EMT modellashtirish) fanlarini bilishga asoslanadi hamda ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos vazifasini 
o‘taydi. 
Ushbu o‘quv fani avtomatik boshqarish nazariyasi bo‘yicha ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asos bo‘lib 
xizmat qiladi.


XXI asr xalq xo‘jaligining barcha sohalariga kirib borib, o‘zining mustahkam o‘rnini egallagan avtomatika bu 
bir fan va texnikaning yo‘nalishi bo‘lib, o‘z ichiga avtomatik boshqarishning nazariyotini va amaliyotini hamda 
avtomatik tizimlarini tuzilishi qonuniyatlarini va u asoslagan texnik jihozlarni oladi. Avtomatika yuqori darajadagi 
aniqlikda texnologik jarayonlarni amalga oshirishni ta’minlash bilan bir qatorda mehnat unumdorligini sezilarli 
darajada oshiradi, ishchi-xizmatchi xodimlarning sonini kamaytiradi, jarayonlarni effektivligini ko‘taradi, ishlab 
chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilaydi va eng muhimi, inson oyog‘i etishi qiyin bo‘lgan erlarda (atom ishlab 
chiqarishda, fazoda, va h.k) kerakli ish jarayonlarini amalga oshira oladi. 
Mashina va agregatlar ishlab chiqarish jarayonlarning ish rejimlarini qator fizik kattaliklar bilan 
xarakteristikalanadi. Masalan, elektr generatorining ish rejimi kuchlanishi, tok va o‘zgaruvchan tokda chastota 
bilan dvigatelniki esa o‘z o‘qining aylanuvchi momenti orqali erishilayotgan aylanish tezligi va hokazolar bilan 
xarakteristikalanadi.
Agar texnik qurilmaning ish jarayonida uning rejimini aniqlovchi barcha kattaliklar o‘zgarishsiz qolsa, u holda 
qurilma mo‘‘tadil ishlaydi. Misol uchun, generatorning kuchlanishi aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, atrof muhit 
xarorati ham bir xil bo‘lib, qo‘zg‘atish toki va yuklama qarshiliklarining o‘zgarmas qiymatlarida mo‘tadil bo‘ladi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin