Issiqlikdan teshilish. Dielektrikda dielektrik isroflar xisobiga ajraladigan issiklik mikdori berilgan sharoit uchun tarqaladigan issiklik mikdoridan yukori bulganida issiklikdan teshilish ruy beradi. Bunda issiklik muvozanati buziladi.
Issiklikdan teshilish elektr maydonida joylashgan materialning kizish temperaturasi uning erish yoki kuyish nuktasiga yetganida ruy beradi. Bu turdagi elektr mustaxkamlik materialninggina emas, balki tayyor maxsulotning ham xarakteristikasini ifodalaydi.
Dielektrikning qizishi bilan bog‘liq teshilish kuchlanishi kuchlanish chastotasiga, muxit xaroratiga va materialning issiklikka bulgan chidamliligiga bog‘liqdir.
Kattik dielektriklarning elektr mustaxkamligini xisoblab topish murakkab bulgani sababli uni tajriba yuli orkali aniklash maoquldir.
Elektr-kimyoviy teshilish. Teshilishning bu turi dielektrikda temperatura va namlik nisbatan yukori bulgan xolda kuzatiladi. Bundan tashkari, elektr-kimyoviy teshilish material bushliklarida issiklik xodisasi bilan bog‘liq gaz ionlashishi sodir bulganida xam ruy beradi. Elektr-kimyoviy teshilish ruy berishi uchun uzok vakt talab kilinadi, chunki u elektr utkazuvchanlik xodisasi bilan bog‘liq. Bu turdagi elektr teshilishi kupgina organik materiallarda, chunonchi, chinnining bahzi turlarida kuzatiladi, shuningdek, dielektrikda ishlatiladigan elektrod materialiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Ishni bajarish tartibi: Kattik dielektriklarni elektr mustaxkamligi AKI-50 asbobida sinaladi. Sinalayotgan namuna ulangandan so‘ng ximoya eshigi yopilib, kuchlanish regulyatori nolp xolatda ekanligiga ishonch xosil kilingandan so‘ng kurilma manba ulanadi. Shundan so‘ng tugmacha yordamida tarmoq kuchlanishi ulanadi, bunda kuk lampa yonadi, avtomat ulangandan so‘ng esa kizil lampa yonadi. Kuchlanishni regulyator yordamida sekin-asta oshirib, teshilish ruy bergunga qadar olib boriladi. Sinov tugagandan so‘ng, kuchlanishni yana nolp xolatga keltiriladi.
Qurilma yordamida:
1. Shimdirilgan kondensator kogozini elektr mustaxkamligini aniklanadi. (Kiska tekshirish)
2. Shimdirilgan kondensator kogozini o‘rtacha elektr mustaxkamligini aniklash. (Pogonali tekshirish)
3. Teshilish kuchlanishini dielektrikning qalinligi bog‘liqlik grafigini chikariladi.
Namunalar yupqa materialdan qirqiladi. Qirqilgan namuna metall trubaga yoki diametri 15 mm bulgan sterjenga chekkasidan boshlab uralib boriladi. O‘rta kismdagi uramlar katlami 0,5-1,5 mm dan kam bulmasligi kerak. Bunday sinovlarda chekkalari yumaloklangan silindrik elektrodlar olinadi. Elektrodlar bir-biriga karama-qarshi kilib kuyiladi. Sinovlar 5-6 martagacha olib boriladi.
Dielektrikning elektr mustaxkamligi kuyidagi ifoda orkali aniklanadi:
Emus.=Utesh. / h, kV/mm
Natijalar 4-jadvalga yoziladi.
4-jadval