Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə102/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

Laboratoriya ishi № 4


Mavzu: Suyuq dielektriklarning elektr mustahkamligini aniqash.

Ishdan maqsad: Suyuq dielektriklarning sinash usullari bilan tanishish. Sinash namunalarini suyuk dielektrikning GOSTda keltirilgan xarakteristikalariga solishtirish yo‘li bilan sinalayotgan suyuklik yukori kuchlanishli asboblarga yaroqli ekanligini aniklash.


Nazariy qism.

Suyuq dielektriklarning teshilishi.

Suyuq dielektriklarning elektr mustaxkamligi normal sharoitda gazlarnikiga nisbatan ancha yukori buladi. Suyuklikda  kiymati gazlardagiga nisbatan ancha kichikdir. Shu sababli, toza suyuklikda Yet katta kiymatga (50-70 MV/m) erishadi.


Odatda, suyuklik tarkibida doimiy kushimchalar sifatida gaz, suv va kattik jism zarralari ishtirok etadi. Bunday kushimchalar suyuklikning elektr mustaxkamligiga (teshilish qonuniyatlariga xam) salbiy taosir etib, Yet kiymatini keskin pasaytiradi. Elektr maydonida suyuklikdagi begona zarralar maydon chiziklari bo‘ylab elektrodlar orasida zanjir kurinishidagi “bu joylar”ni shakllantiradi.
Agar suyuklik tarkibida gaz pufakchalari bo‘lsa, teshilish ana shu pufakchalardan boshlanib, suyuklikda tugaydi. Suyuk dielektrik – neftp maxsuloti bulgan transformator moyining tarkibidagi oz mikdordagi suv uning elektr mustaxkamligini keskin pasaytiradi (29-rasm). Moydagi suv shar shakliga ega buladi, kuchli maydon tahsirida dipolli ushbu suv tomchilari kutblanish natijasida ellips shakliga utadi. Bunda elektrodlar orasida vujudga kelgan o‘ta o‘tkazuvchan kanal orkali teshilish ruy beradi.
Toza moylarda Yet kiymati 80S gacha temperatura kiymatlariga bog‘lik bulmaydi. t>80S bulganda moyning yengil fraksiyasi kaynab, unda kuplab pufakchalar xosil bulishi natijasida suyuklikning elektr mustaxkamligi keskin pasayadi.
Agar tarkibida bir oz suv bulgan moyning temperaturasi oshirilsa, undagi suv emulg‘siyasi xolatidan molekular eritma xolatiga utishi natijasida Yet kiymati kutariladi.
Past temperaturalarda suyuklikning elektr mustaxkamligi ortishi uning kuyuklashishi va tarkibidagi suvning muzga aylanishi natijasida r kiymatining kamayishi (r=2,85) bilan bog‘liqdir. Moy tarkibidagi mexanik kushimchalar, jumladan tola, kukun zarrasi va xokazolar xam suyuk dielektrikning elektrik mustaxkamligi pasayishiga olib keladi. Shuning uchun elektrotexnikada ishlatiladigan suyuk dielektriklar mexanik tozalagich, boskichli filg‘tr, markazdan qochma moslama, vakuum kuritgich va gazsiz-lantiradigan uskunalarda begona kushimchalardan tozalanadi. Suyuk dielektrik kushimchalardan tozalanganda uning Yet kiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, tozalanmagan transformator moyida Yet=4 MV/m bulsa, tozalanganida Yet=25-45 MV/m. Elektr apparat (transformator, kabelg‘, kondensator uchirgich)lariga moy tozalangandan keyingina qo‘yiladi.



Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin