Asbob-uskunalar
Noma’lum sig‘imli kondensatorlar to‘prlami. Sig‘imi aniq bo‘lgan kondensator (0,5; 1; 2 mkf). Avmetr yoki shkalasi 100 mikroameprlik o‘zgarmas tok ampermetri. O‘zgarmas tok manbai (akkumulator batareyasi yoki quruq element). Neytral (uch qutbli) kontaktli elektr kalit. Ulash simlari va boshqa yordamchi aslahalar.
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Qurilma galvanometr, ma’lum va noma’lum sig‘imli kondensatorlar to‘plami, o‘zgarmas tok manbai, uch qutbli elektr kalitlar, o‘zgarmas tok voltmetridan tuzilgan (2-rasm). Qurilmani ishga tushirish uchun uni o‘zgarmas tok manbaiga sig‘imi ma’lum kondensator voltmetr bilan parallel qo‘shiladi va eng katta zarya to‘plangandan so‘ng, voltmetr uziladi va uning o‘rniga galvanometr ulanadi. Zaryadning sakrab kamayisho‘i o‘lchov asbobi shkalasi bo‘yicha kuzatiladi va shkalaning har bir bo‘linmasining qiymati topiladi. Shundan keyin noma’lum sig‘imli kondensator zanjirga ulanadi va o‘lchov asbobi shkalasidan bo‘linma qiymati topiladi va (8) ifodadan foydalanib o‘rganilayotgan kondensator sig‘imi hisoblab topiladi. Tajriba bir necha marta o‘tkaziladi.
2-rasm. Ishni bajarish uchun elektr sxema.
Ishni bajarish tartibi
1. Laboratoriya ishining yo‘riqnomasini o‘qib o‘rganing va ishga kerakli asboblarni taxtlang. O‘qituvchi savolariga javob berib, ishni bajarishga ruxsat oling.
1-topshiriq. Noma’lum sig‘imli kondensator sig‘imini aniqlash.
2. Sxemani yig‘ing (2-rasm) va o‘qituvchiga tekshirtiring.
Eslatma. Ayrim kondensatorlar noto‘g‘ri ishlatilsa, ular portlaydi! Ehtiyot bo‘ling!
3. Kondensatorni zaryadlang, buning uchun kalit yordamida zanjirni qisqa muddatga tok manbaiga ulang. So‘ngra galvanometr miliga qarab, shu kalitni tez harakatlantirib, zanjirdagi galvanometrga ulang va shkaladan milning maksimal og‘ishini bilib oling, bunda iloji boricha bo‘linmaning o‘ndan bir ulushlarini ham chamalab hisoblang. Galvanometr milining ko‘rsatishini aniqroq bilib olish maqsadida tajribani bir necha marta takrorlang va proporsionallik koeffitsientini hisoblang.
4. Bu tajribani boshqacha sig‘imli kondensator bilan bajaring va olingan natija asosida ning o‘rtacha qiymatini hisoblang. O‘lchash va hisoblash natijalarani quyidagi jadvalga kiriting.
Dostları ilə paylaş: |