Qurilma 0 – 24V kuchlanish beradigan o‘zgaruvchan tok manbai, o‘zgaruvchan tok volptmetri va ampermetri, induktivlik g‘altagi kuchlanishni rostlash vazifasini bajaruvchi reostat hamda boshqa yordamchi aslahalardan tashkil topgan. Mazkur ishning elektr zanjiri sxemasi 12 - rasmda keltirilgan. Qurilmani ishga tushirish uchun tashqi o‘zgaruvchan tok manbai tarmog‘iga 24V gacha kuchlanish beradigan asbob qo‘shiladi. So‘ngra qurilmadagi kalit K qo‘shiladi. Shunda zanjirdagi volptmetr va ampermetr maolum kuchlanish va tokni ko‘rsatadi. Reostat yoki LATR yordamida zanjirga beriladigan o‘zgaruvchan tokning ko‘chlanishini o‘zgartirib, o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlari yozib olinadi. Buning uchun zanjirga elektr tokini qo‘shib, reostat yordamida kerakli kuchlanish tanlanadi.
1 – rasm. G‘altakning induktiv qarshiligi aniqlanadigan qurilmaning elektr sxemasi.
‘ar safar zanjirdagi kuchlanish o‘zgartiriladi, elektr asboblarining ko‘rsatishi yozib olinib, jadvalga kiritiladi. G‘altakning aktiv qarshiligini o‘lchashda Koreyadan olingan Uitston «ko‘prigi» qo‘l keladi.
Ishni bajarish tartibi Laboratoriya ishining yo‘riqnomasini o‘qib o‘rganing.
Laboratoriya ishining elektr sxemasini yig‘ing va uni o‘qituvchiga tekshirtiring.
Istalgan induktivlik g‘altagini (transformatorning birorta cho‘lg‘ami, drossel va sh.k) tanlab, uni zanjirga qo‘shing.
LATR (laboratoriya avtotransformatori) yoki reostat yordamida elektr zanjiriga 0 – 20 volpt kuchlanishlarni 5V dan oshirib borib, har safar volptmetr va ampermetrning ko‘rsatganlarini ketma-ket yozib oling va natijalarni quyidagi jadvalga kiriting.
G‘altakni zanjirdan uzing va uning qarshiligini Uitston ko‘prigida o‘lchang.
G‘altakning induktiv qarshiligini, yuqorida keltirilgan formulalardan foydalanib isbotlang.
7. Tajribaning xatoligini hisoblang va ishdan xulosa chiqaring.