Elektronika va asbobsozlik



Yüklə 4,66 Mb.
səhifə14/155
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#186248
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155
Elektronika va asbobsozlik

Erish temperaturasi (°S) kristall tuzilishga bo‘lgan materiallar-metallar) yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar (germanii, slyuda, parafin va b.)da aniqlanadi.
Yumshash temperaturasi (°S) amorf materiallar (kompaundlar, shisha, polimer dielektriklar)da aniqlanadi Kristall tuzilishga ega material erish temperaturasiga yetgandan esa qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi. Amorf materiallar esa qattiq holatdan suyuq holatga asta-sekin temperaturalarning keng oraligida o‘tadi, shuning uchun amorf materialning turli usullar bilan aniqlanadigan shartli yumshash temperaturasidan foidalanishga to‘g‘ri keladi.
Agar kristallik materialning erish temperaturasi yoki amorf materialning yumshash temperaturasi 55°S ga teng bo‘lsa, uni radiapparatlarda ishlatish mumkin emas chunki u yerda materialbudan yuqori temperatura ostida bo‘lishi mumkin.
Temperaturaviy kengayish koeffitsienti TKK material temperaturasi Todan T1 (K-1) gacha o‘zgarganda uning dastlabki uzunligi o‘zgarishini ifodalaydi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: TKK= (l1-l0)/[l0(T1-T0)], bunda l0 va l1 materialning dastlabki To va oxirgi T1, temperaturadagi uzunliklari.
TKK katta amaliy ahamiyatga ega, masalan, u elektroapparat uzellarini germetiklashda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun TKKlari bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki detalni bir-biriga ulash mumkin emas. Kvars shishaning TKK eng kichik (5,5·10-6 1/oS) simobniki eng katta (182·10-6 1/°S) shuning dek, ba’zi polimer dielektriklarda, masalan, polietilenda 145·10-6 1/oS va polnvinilxloridda 160·10-6 1/°S
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti λ materialning issiqroq sirtidan sovuqroq sirtiga issiqlik o‘tkazish xususiyatini baholash imkonini beradi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (Vt/Sm·K) quyidagi formula bilan hisoblanadi. λ=Ph/[S(T2-T1)τ], bunda R - mazkur materialning h qalinlikdagi devorchasining sirti S, m2 orqali τ, s vaqtda o‘tadigan issiqlik oqimining quvvati; (T2—T1) material namunasi sirtlari temperaturalarining farqi.
Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi eng katta - [68÷ 415 Vt)/(m·K)], qattiq organik moddalarniki ancha kichik — [0,09÷0,35 Vt/(m·K)] ekani ma’lum.
Issiqbardoshlik — organik polimer dielektriklarning issiqlik xarakteristikasi. U namunaga mexanik yuklanish berilgan paytda uning qisqa muddatli qizishga chidamliligini baholashga imkon beradi.
Issiqbardoshlik Martens yoki Vik usuli bilan aniqlanadi. Martens usuli tuzilishi har xil jinsli dielektryklar (getinaks, steklotekstolit) uchun, Vik usuli bir jinsli dielektriklar (polistirol, polietilen) uchun qo‘llanadi. Martens apparati de-vorchalari po‘lat tunukadan ikki qavat qilib ishlangan kameradan iborat. Devorchalar orasiga elektr isitgich joylashtirilgan bo‘lib, u devor ichi bo‘shlig‘ini 50°S/soat tezlik bilan bir tekis isitib turadi. Kameraning ichiga po‘lat plita 10 joylashtirilgan bo‘lib, unga uchta tutgich 9 bir qator qilib payvand-langan. Har bir tutgichga sinaladigan bitta dielektrik namunasi o‘rnatiladi.
Muayyan dielektrikning issiqbardoshligini baholash uchun uchta tutgichga o‘rnatiladigan uchta namuna olinadi. Ular uzunligi 120 mm, eni 15 mm va qa-linligi 10 mm li brusok shaklida bo‘ladi. Har birining yuqorigi uchiga po‘lat qisqich 6 yuklanish hosil bo‘ladigan qilib o‘rnatiladi.




Shtokning ikkinchi (bo‘sh) uchiga ko‘rsatkich 2 li po‘lat sterjen 1 tiralib turadi. Apparat ichidagi temperatura har biri ikki namuna oralig‘iga joylashtirilgan ikkita termometr 4 yordamida o‘lchanadi. Qizdirish va eguvchi momentning baravar ta’sir etishi bilan namunalar ma’lum temperaturaga yetgach egila boshlaydi. Bunda shtokning bo‘sh uchi va sterjen pastga tushadi. Shtokning tushish chuqurligi millimetrli shkala 3 dan ko‘rsatkichning holatiga qarab aniqlanadi.
Issiqbardoshlik uchun (Martens usulida) namuna deformatsiyasini qayd etuvchi ko‘rsatkich shkalada 6 mm ga tushgan paytdagi temperaturaning qiymati qabul qilinadi. Bunda berilgan dielektrik namunalarning uchalasini sinash natijasida olingan issiqbardoshlikning o‘rta arifmetik qiymati hisoblab topiladi. Masalan polistirolning issiqbardoshligi 75÷80oS, getinaksniki 150÷170°S bo‘ladi. Bu temperaturalar ortib ketsa, polistirol va getinaksdan yasalgan buyumlar xavfli deformatsiyalanishi mumkin va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Vik usuli bo‘yicha issiqbardoshlikni aniqlashda dielektrik namunasi asbob kamerasi ychidagi po‘lat plitaga joylashtiriladi. Shunda u 50° S/soat tezlikda bir tekis qiziydi. Namuna sirtiga Ø 1,13 mm diametrli po‘lat sterjen tiralib turadi, unga 1 kg
massali yuk ta’sir qiladi. Bu usulda issiq-bardoshlik uchun po‘lat sterjen sinalayotgan dielektrikka 1 mm botgan paytdagi temperaturaning qiymati qabul qilinadi.
Qizishga chidamlilik — dielektriklarning mexanik, elektrik va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirmay chegaraviy joiz temperaturada ham uzoq muddat ishlay olishini belgilovchi xarakteristikasidir. Elektr izolyatsion materiallar qizishga chidamliligining yettita darajasi belgilangan (1-jadval).

Ochiq havoda ishlatiladigan elektr nzolyatsion materiallarning qizishga chidamlilik darajalari


1-jadval.

Qizishga chidamlilik darajasi

chegaraviy temperatura oS

Qizishga chidamlilikning mazkur darajasiga kiruvchi dielektriklarniig taxminiy ro‘yxati

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin