18-MA’RUZA.
Mavzu: Akustoelektron asboblar. Magnitoelektron asboblar.
Reja:
1.Akustoelektron asboblar.
2.Magnitoelektroi asboblar.
Tayanch iboralar: akustoelektron asboblar, akustik to‘lqinlar, elektroakustik o‘zgartgichlar, akustik to‘lqin va yarim o‘tkazgichlar, magnit elementlar, eng sodda magnit element, magnit materiallar, qo‘shni domnalar, yupqa magnit lentalar, silindrik magnit domnalar
Akustoelektron asboblarning ishlashi qattiq jnsmlarda akustik to‘lqinlarni uyg‘otish, tarqatish va qabul etishga asoslangan.
Bunday asboblarda sirtqi akustik to‘lqinlar (PAV—SAT) deb ataluvchi, qattiq jismlarning sirti bo‘ylab tarqaluvchi akustik to‘lqinlarni ishlatish qattiq jismlarning hajmida tarqaluvchi (hajmiy) to‘lqinlarni ishlatishdan ma’qulroqdir. Sirtqi-akustik to‘lqinlar hajmiy to‘lqinlarga qaraganda kam so‘nish va sochilishga ega, PAV tarkalayotgan istalgan sohadan energiyaning bir qismini ajratishga va shu to‘lqinlarni elektron oqim bilan boshqarishga imkon beradi. Bundan tashqari PAV asosidagi asboblarni tayyorlash texnologiyasi mikrosxemalar tayyorlash texpologiyasiga mos keladi. Akustoelektron asboblar asosida yangi funksiyalarni bajaruvchi tuzilmalar yaratish yoki hozirda mavjud tuzilmalar (chastota tanlash va signallarni kechiktirish) parametrlarini yaxshilash mumkin.
Akustik to‘lqinlarning qattiq jismlarda tarqalish tezligi elektromagnit to‘lqinlarning erkin fazoda tarqalish tezligidan 105 marta kam. Shu sababli akustoelektron asboblar o‘lchamini kamaytirish mumkin. Shuningdek, bunday asboblarning asosiy afzalliklari qatoriga konstruksiyasining soddaligi, xarakteristikalarni yaxshi aks ettirish, yuqori temperatura barqarorligi va kam energiya iste’mol qilinishi ham kiradi.
PAV asosidagi akustoelektron asboblar tuzilishi jihatidan (eng sodda xolda) tovush o‘tkazgich hisoblangan, kvars yoki litiy niabatdan ishlangan taglikdan iborat bo‘lib, signallarni o‘zgartirish elektroakustik o‘zgartgichlar yordamida amalga oshiriladi.
Elektroakustik o‘zgartgichlarni izolyatsiyalangan ikkita metall taroq, ko‘pincha, qarama-qarshi shtirli tuzilma ko‘rinishida ishlanadi (132-rasm).
PAV asosidagi asboblarning ish chastotalari o‘zgartgich taroqlarining shtirlari orasidagi masofa (bu masofa, odatda, PAV uzunligining yarmiga teng) orqali belgilanadi, o‘tkazish polosasi shtirlar juftlari soniga bog‘liq bo‘lib, qarama-qarshi shtir juftlari soniga teskari mutanosib (amalda markaziy ish chastotasining 1—60% ini tashkil etadi). Masalan, 100 MGs chastotada 27-rasm litiy nisbatli taglikdagi PAV uzunligi 35 mkm, shtirlar eni —8,75, uzunligi —2700, shtirlar orasidagi masofa — 17,5 mkm ga teng. PAV asosidagi asboblarning ish chastotalari diapazonining yuqori chegarasi o‘zgartgichlarni tayyorlash texnologiyasiga (uning ajratish qobiliyatiga) bog‘liq bo‘lib, bir necha gigagersgacha boradi.
Akustoelektron asboblar filptrlar kechiktirish tarmog‘i, generatorlar, kuchaytirgichlar va xotirlovchi qurilmalar sifatida ishlatiladi.
PAV asosidagi kechiktirish tarmog‘i o‘nlab megagersdan minglab megagersgacha bo‘lgan ish chastotalari diapazoni, nanosekunddan to o‘nlab mikrosekundgacha bo‘lgan kechiktirish vaqti va nisbatan katta bo‘lmagan isroflar bilan xarakterlanadi. PAV asosidagi generatorlar barqarorligining yuqoriligi bilan ajralib turadi va ko‘paytirgichlarsiz bir necha megagers chastotagacha ishlaydi.
Akustik to‘lqin va yarim o‘tkazgichlardagi zaryad eltgichlarning o‘zaro ta’siri yuz beradigan PAV asosidagi turli xil asboblar samaralidir. Ma’lumotlarni ishlab chiquvchi turli xil tuzilmalarning ishi shunday o‘zaro ta’sirga asoslanadi. Akustooptikaviy hodisalardan foydalanish tufayli lazer nurini boshqaruvchi kompakt va ko‘p funksional tuzilmalar yaratish mumkin.
2. Magnitoelektroi asboblar
Magnit elementlari va tuzilmalarini mikrojajjilashti-rishning eng samarali yo‘nalishi yangi fizikaviy hodisalarning qo‘llanishidir. Bunda domna darajasidagi elektromagnit jarayonlardan foydalaniladi. Magnit elektron asboblar integratsiyalash (yaxlit holga keltirish) ning yuqori darajasiga ega, ma’lumotlarni zichlab, ko‘p yozishni taxminlaydi, yuqori ishonchlilikka, temperatura va vaqt bo‘yicha barqarorlikka ega, yozilgan ma’lumotlarni energiya sarflamay saqlay oladi.
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasi va avtomatikada magnit lentalari va silindrik magnit domnalari asosidagi asboblardan foydalanadilar.
Eng sodda magnit elementi sim o‘ralgan g‘altakdir. G‘altak o‘ramdan iborat, deylik. Aar g‘altakdan o‘zgarmas I tok o‘tsa, u holda unda magnit yurituvchi kuch F=I ta’sirida magnit maydon yuzaga keladi. G‘altakning uzunligini I bilan belgilab, magnit maydon kuchlanganligini aniqlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |