DOIMIY SIGIMLI ChASTOTALI KONDENSATORLAR. Yukori chastotali kondensatorlar (keramik, slyudali, shisha-emal, shisha –keramika va shisha) kichik parazit induktivlikka ega va ularda dielektrikdagi sarflanishlar ancha kam, barkarorligi (10-5 1/ºS) va anikligi (±2% gacha) yukori bulib, yetarlicha temperatura bardoshlikka, kichik ulcham va massaga ega.
Yukori chastotali kondensatorlar uta yukori, yukori va oralik chastota generatorlari va kuchaytirgichlari sxemalarida ishlatiladi. Yukori chastotali kondensatorlarning eng aniklari va barkarorlari yukori chastota zanjirlarining konturlarida, kolganlari esa ajratuvchi, filtrlovchi va termokompensatsiyalovchi kondensatorlar sifatida ishlatiladi. Yukori chastotali kondensatorlarning nominal sigimi bir birlikdan – yuzlab pikofaradan tashkil etadi, ba’zilariniki 1 mkF gacha borishi mumkin, shuning uchun ular yukori va past chastotalar buyicha ajratuvchi, xatto filtrovchilar sifatida ishatiladi (masalan, KM, KLG, KLS). Yukori chastotali kondensatorlarning asosiy parametrlari jadvalda, ulardan ba’zilarining tuzilishlari rasmda keltirilgan.
Keramik kuyma germetiklargan va seksiyalarga bulingan KLG va KLS kondensatorlari katta nominal sigimga va nisbatan kichik ulchamga [4X5X (4÷10) mm] ega. Termobarkaror keramikadan ishlanuvchi kondensatorlar, odatda, kichik sigimga va yukori aniklikka (±2%; +5%), segnetokeramikadan tayerlanganlari esa, barkarorligi va anikligi past bulsa-da (- 20 dan +80%), eng katta sigimga ega buladi.
Keramik, kichik ulchamli paketsimon KM-6 (yaxlit) kondensatorlari paketga presslangan plastinkalar kalinligining kichikligi (0,2 mm) yeki dielektrik doimiy yukori bulgan keramika (tikond – 150, segnetokeramika) kullanishi sababli yukori solishtirma sigimga ega.
Disksimon keramik KDU va KDO kondensatorlari apparaturaning yukori chastotali zanjirida kontur, ajratuvchi va filtrlovchi (tayanch) kondensatorlar sifatida ishlatiladi. Disk (diametri 8,5 – 16,5 mm, kalinligi 2-5 mm) koplamalariga parallel yeki tik kilib kavsharlangan kiska, yugon, tasmasimon chikish uchlari bulgan KDU kondensatorlari kichik xususiy induktivlikka ega va ular 500 MGs gacha bulgan chastotalarda kullanilishi mumkin. KDO (filtrlovchi) kondensatorlari dielektrik disk urnatilgan, rezba vtulkali metall gardishga ega. Musbat uchi tasmasimon bargcha kurinishida bulib, manfiy uchi esa, rezba vtulkadan iborat. Shu vtulka yerdamida kondensator metall asosga burab urnatiladi. KD – 2E (disksimon, yukori ishonchli) kondensatorlaridan konturlarda foydalaniladi, ularning diametri 6-10 mm, kalinligi 7 mm ga yakin.
Keramik, naychasimon KT, KT-1E va KT-2E kondensatorlari yukori aniklik, barkarorlik va ishonchlilikka ega bulib, kupincha konturlarda ishlatiladi, ulchami (3,5÷7) X (10÷50) mm va chikish uchlari – radial, egiluvchan simga ega. KT-1E va KT-2E (ishonchliligi yukori) kondensatorlari tuzilishiga kura OMLT rezistorlariga uxshaydi (naychalarga, aksincha, chikish simlari bulgan kalpokchalar kiydirilgan).
Keramik naychasimon utish (KTP) va tayanch (KO) kondensatorlari 750 V gacha bulgan kuchlanishda filtrlovchi sifatida ishlatiladi, apparatura shassisiga metall rezbali gardish yerdamida burab urnatiladi.
Keramik yukori voltli impulsli kondensatorlar (KVI) 5 dan 15 kV gacha bulgan kuchlanish zanjirlarida ishlatiladi, odatdagi silindr shaklida bulganda egiluvchan aksial chikish simlariga ega, kiskartirilgan yassi silindr kurinishidagi kondensatorlarda esa, yen tomonlarida presslangan rezbali vtulkalar buladi. Bu kondensatorlar televizion priemniklarning yukori voltli tugrilagichlarida kullaniladi.
Keramik jajji K10 kondensatorlaridan mikrosxemalar va mikroyigilmalarning komponentlari sifatida foydalaniladi.
K10-9 konlensatorlari tomonlari 2÷8 mm bulgan kvadrat shaklida, kalinligi 0,6÷2,5 mm. Taglikning kontakt yuzachasiga kalaylash uchun uning ikki karama-karshi tomoni (koplamalari) metall bilan koplanadi, yeki kalay surtiladi.
K10-17 kondensatorlari solishtirma sigim buyicha KM-6 vm K10-9 kondensatorlaridan 2-3 marta ustun turadi va uch turda ishlab chikariladi: presslangan va kompaundlangan koplamada eguluvchan simli chikish uchili (tropik iklim sharoitda ishlovchi REM Lar uchun) va metall koplangan chikish uchili (mikrosxemalar uchun). Ularning birinchi ikki xilining ulchami 6,6X4,5X5,5 dan 8,2X6; 6X5,5 mm gacha, uchinchi xiliniki esa, 1,7X1, 2X1 dan 5,9X4, 3X1,8 mm gacha.
K10-22 klndensatorlarining diametri 1,7 dan 6,7 mm gacha bulib, kalinligi 0,3 mm dan katta emas.
K10-23 kondensatorlari tuzilishiga kura K10-17 kondensatorlarining birinchi xiliga uxshash, ulchami 9X4, 5X6,5 mm, tropik iklim sharoitiga muljallangan.
K10-27 kondensatorlari tomonlari (4÷8) X (4÷6,5) mm li tugri burchak shaklida, kalinligi 1-1,2 mm bulgan yaxlit keramik plastina kurinishida tayerlanadi. Bu kondensatorlar ikki, u cheki besh seksiyali kilib ishlanganidan ularda mos ravishda, uch, turt va oltita chikish uchlari buladi.
K10-42 kondensatorlari (ximoyalangan, UYuCh (SVCh) texnikasi uchun) 2 GGs gacha bulgan chastotada ishlashga muljallangan bulib, yen tomonlari kalaylangan yeki kumu kontakti bor, ularning ulchami – 1,5X (1,3÷1,4) X (1÷1,2) mm.
K10-50 kondensatorlari ikki: «a» va «b» variantda ishlabchikariladi. «a» variant uchun uzunlik 6,8÷8,4 mm, balandlik 5,6 mm, eni 4,6÷6,7 mm bulib, massasi 0,5 dan 0,8 g gacha; «b» variant uchun esa, uzunlik, 1,5-5,5 mm, balandlik 1,2÷1,8 mm, eni 1,3÷4,4 mm, massasi 0,1÷0,6 g ni tashkil etadi.
Slyudali presslangan KSOT va K31U-3E kondensatorlari turlicha bulib, ulchamlari, massalari, chikish uchlari (simli, tasmali, rezbali) bilan fark kiladi va yukori chastota zanjirlarida konturga oid va ajratuvchi sifatida ishlatiladi. Bu kondensatorlar barkarorligiga kura turtta guruxga ajraladi, korpusga A, B, V va G xarflari bilan belgilanadi. G guruxidagi kondensatorlar (metall koplamali) eng barkaroridir, chunki ularning STK si, asosan, folganing emas, balki dielektrik (slyuda) ning KTRy bilan belgilanadi. Kondensatorlarga serezin shimdiriladi va termoreaktiv plastmassa bilan presslanadi.
Shisha kondensatorlar (K21-7) yukori chastota, shuningdek impuls kurilmalarida ishlashga muljallangan bulib, tropik sharoitga moslab, (7,5÷11) X (3÷3,5) X (9,5X11,5 mm) ulchamda tugri burchak shaklida ishlab chikariladi va bosma platalarga urnatiladi.
Shisha–keramika K22-4 kondensatorlari germetiklangan mikro-sxemalarda narxi yukori bulgan K10-9 va K10-17 kondensatorlari urniga ishlatiladi. Bu kondensatorlarning ulchamlari (2,7÷6,1) X (2,8÷6,8) X 2,1 mm.