Kogon porloq yo’l trans MCHJ haqida ma’lumot Kogon porloq yo’l trans masuliyati cheklangan jamiyatiga 2019 – yilda asos solingan. Korxonanig yuridik nomi:KOGON PORLOQ YO'L TRANS MChJ,
Brend nomi:KOGON PORLOQ YO'L TRANS MChJ.
Zamonaviy ATdan ishlab chiqarish korxonalarida foydalanish Bugungi kunga kelib ishlab chiqarish sanoatining har bir sohasida kompyuterdan keng foydalanilmoqda. Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsada, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat soxalari tashkil kiladi.