Elektronika va avtomatika fakulteti malakaviy amaliyot hisoboti axborotlarga



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#130690
1   2   3   4
Amaliyot hisoboti

Texnika xavfsizlik qoidalari
Har bir tashkilot yoki korxonada texnika xavfsizligi muhim ahamiyatga ega. Bu har bir shaxs uchun hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlaydi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish ob’yektlari, sanoat korxonalari, zavod va turli tashkilot va korxonalarda texnika xavfsizligi bo`yicha turli talablar qo`yilgan va bu talablar bilan tanishish zarur.


Bu talablarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

  • Yong`in xavfsizligi yo’riqnomasi bilan tanishish;

  • Ish joyi haroratini mo’tadilligi;

  • Tikka quyosh nuri tushmasligini ta`minlash;

  • Ishlab chiqarish jarayonlarida havo almashinish mavjudligi;

  • Kabellar ochiq holda bo`lmasligi kerak;

  • Kompyuterlarni ulash uchun maxsus shit bo`lishi kerak;

  • Kompyuter xonalari gigiyena qoidalariga rioya etilgan bo`lishi kerak.

Barcha ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoitlari O’z.Res. konstitutsiyasining mehnat kodeksida keltirilgan talablarga javob berishi kerak. Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash bo’yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo’llanilishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi. Mehnat xavfsizligi- bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo’ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi. Ishlab chiqarishning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan ko’zgaluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning, gazning energiyasi, portlashlar, to’lqin zarbi va shunga o’xshashlar hisoblanadi. Odamlarning sog’ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug’diradi. Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo’lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o’xshashlarga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo’lish xarakteri bo’yicha ochiq va yopiq turlarga bo’lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xaraktyerlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong’in, ko’tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi. Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko’zga ko’rinmas nukson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo’ladigan kamchilik ko’rinishda bo’ladi. Bundan tashqari yana ko`plab talablar bo`lib bu talablarning har biri hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin