Diffuziya koeffisienti. Yarim o‗tkazgichda elektr toki hosil bo‗lishiga faqat
elektr maydoni emas, balki harakatchan zaryad tashuvchilar gradienti ham sabab
bo‗ladi. Yarim o‗tkazgich hajmida teng taqsimlanmagan erkin zaryad tashuvchilar
harakatining yo‗nalishi diffuziya harakati deb ataladi.
Elektron va kovak diffuziya toklarining zichligi quyidagiga teng
;
dx dn qD j n nДДИ
.
dx dp qD j p рДИФ
(1.41)
bu yerda q – elektron (kovak) zaryadi, D n i D p – mos ravishda elektron va
kovak diffuziya koeffisientlari, dn/dx i dp/dx – mos ravishda elektron va kovak
konsentratsiya grandientlari.
Dreyf va diffuziya harakati parametrlari o‗zaro Eynshteyn nisbati bilan
bog‗langan
;
n T n n q kT D
(1.42)
.
p T p p q kT D
(1.43)
(1.4) ifodadagi proporsionallik koeffisientlari
q kT T /
potensial
o‗lcham birligiga teng (volt) va issiqlik potensiali deb ataladi. Xona
temperaturasida (T=300 K)
T
= 0,026 V = 26mV.
Yashash vaqti
. Zaryad tashuvchining yashash vaqti deganda uning
generatsiyasidan rekombinatsiyasigacha bo‗lgan vaqt tushuniladi. Yarim
o‗tkazgichning bu parametri yarim o‗tkazgichli asboblarni (bipolyar
tranzistorlardagi baza kengligi, maydoniy tranzistorlarda kanal uzunligi)
konstruksiyalashda katta ahamiyatga ega. Yashash vaqtida zaryad tashuvchining
diffuziya harakati natijasida diffuziya uzunligi deb ataluvchi, o‗rtacha masofasi
ma‘lum Lga teng bo‗lgan masofani bosib o‗tadi.