Birinchi bosqich 1895 yilda A.S. Popov tomonidan simsiz telegraf – radio
ixtiro qilinishi bilan boshlandi. Bu davrdagi aloqa qurilmalari passiv
elementlardan:
simlar,
induktivlik
g‗altaklari,
magnitlar,
rezistorlar,
kondensatorlar, elektromexanik qurilmalar (almashlab ulagichlar, rele va
boshqalar) dan iborat edi.
Ikkinchi bosqich 1906 yili L.de Forest tomonidan birinchi aktiv elektron
asbob - triod lampasining yaratilishi bilan boshlandi. Triod – elektr signallarini
turli o‗zgartirish usullariga ega bo‗lgan, asosan – quvvat kuchaytirish xossasiga
ega bo‗lgan birinchi aktiv elektron asbob bo‗ldi. Kuchsiz signallarni elektron
lampalari yordamida kuchaytirish hisobiga telefon orqali suhbatlarni uzoq
masofalarga uzatish imkoniyati yuzaga keldi. Elektron lampalari radio orqali
tovush, musiqa, keyinchalik esa televidenie orqali tasvirlarni ham uzatishga
o‗tishga imkon yaratdi. Ikkinchi bosqich elektronika apparaturalari elementlariga –
elektron lampalar, rezistorlar, kondensatorlar, transformatorlar kiradi.