Emitterlari bog‘langan mantiq elementi (EBM). EBM elementi (67 - rasm)
DK kabi tok qayta ulagichi asosida bajariladi. Ikki mantiqiy kirishga ega bo‗lgan
bir yelka ikki tranzistordan iborat bo‗ladi (VT1 va VT2), keyingi yelka esa - VT3
dan tashkil topadi.
Yuklama qobiliyatini oshirish va signal tarqalishi kechikishini kamaytirish
maqsadida qayta ulagich VT4 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich bilan
to‗ldirilgan. VT3 bazasiga Ye
0 – tayanch kuchlanishi beriladi va bu bilan uning
ochiq holati ta‘minlanadi. Ixtiyoriy biror kirishga (yoki ikkala kirishga) mantiqiy
birga mos keluvchi signal berilsa unga mos keluvchi tranzistor ochiladi, natijada I
0
tok sxemaning o‗ng yelkasidan chap yelkasiga o‗tadi. VT4 tranzistor baza toki
kamayadi va u berkiladi va chiqishda mantiqiy nolga mos potensial o‗rnatiladi.
Agar ikkala kirishga mantiqiy nolga mos signal berilsa, u holda VT1 va VT2
tranzistorlar berkiladi, VT3 esa ochiladi. R1 orqali oqib o‗tayotgan tok VT4
tranzistorni ochadi va sxemaning chiqishida mantiqiy birga mos kuchlanish hosil
bo‗ladi. Bu sxema 2YoKI-EMAS amalini bajaradi. Iste‘mol quvvati 20
50 mVt,
tezkorligi esa 0,7
3 ns ni tashkil etadi.