Mantiqiy IMS negiz elementlari tuzilishiga ko‗ra quyidagi guruhlarga
bo‗linadi: diodli – tranzistorli mantiqiy elementlar (DTM); tranzistor – tranzistorli
mantiq elementlari (TTM); tok qayta ulagichlari asosidagi emitterlari bog‗langan
mantiq elementlari (EBM); MDYa – tranzistorlarda yasalgan elementlar; injeksion
manbali elementlar (I
2
M). Elektron kalit turi mantiq turi bilan aniqlanadi.
Agar kalit sxemasi tarkibida tranzistordan tashqari boshqa elektr
radioelementlar (rezistor, diod) mavjud bo‗lsa, bu holat integratsiya darajasini
pasaytiradi va shu sababli bu mantiq turi o‗rta va katta integratsiyali raqamli
integral mikrosxemalar negiz elementlari sifatida qo‗llanilmaydi. Quyida
zamonaviy raqamli integral qurilmalarda qo‗llaniladigan negiz elementlar ko‗rib
chiqiladi.