Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o‗tishlar va tashqi zanjirga ulanish
uchun ikkita chiqishga ega bo‗lgan elektr o‗zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim
o‗tkazgichli diodlar ma‘lumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qo‗llanilish
sohalari yoki vazifasiga ko‗ra sinflanadilar.
To‗g‗rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‗zgaruvchan kuchlanishini
o‗zgarmasga o‗girishda qo‗llaniladi. To‗g‗rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir
tomonlama o‗tkazuvchanlik bo‗lib, uning mavjudligi to‗g‗rilash effekti bilan
aniqlanadi.
To‗g‗rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu
sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‗yicha sinflanadilar.