14.5 – rasm. Tezlik nazorati relesining sxematik chizmasi.
Taxogeneratorlar - tezlik datchiklari kabi o’zgaruvchan tok dvigatellari, asinxron va sinxron bo’lishi
mumkin. Taxogenerator yakoriga rostlanuvchi resistor bilan ketma-ket ulangan kuchlanish rele chulg’ami
ulanadi. Taxogenerator dvigatel vali(o’qi) bilan mexanik ulangan bo’ladi.
Tezlikning impulsli induktsion datchigi – diskret datchik bo’lib hisoblanadi. Bunda dvigatel yoki
ishchi mashinaning vali(o’qi)ga ulangan tishli disk (1) Disk tishlarining qarshisiga U
p
– manbaga ulangan
o’lchov chulg’amli (3) doimiy magnit (2) joylashtiriladi. Chulg’amdan olinayotgan kuchlanish kondensator
(C) orqali (
У)
kuchaytirgich kirishiga beriladi. Disk aylanganda uning tishlari bilan inductor orasidagi
oraliq o’zgaradi va o’z navbatida bu magnit oqimining o’zgarishiga olib keladi(14.6-rasm.).
14.6 – rasm. Tezlikning impulsli induktsion datchigi.
Holat datchiklari – ishchi mexanizm yoki dvigatel vali(o’qi) holatiga proportsional elektr
signallarni olish uchun qo’llaniladi. Ushbu datchiklar analogli yoki raqamli bo’lbshi mumkin. Bularga yo’l va
chegaralovchi o’chirgichlarni, selsinlar, aylanuvchi transformatorlar, raqamli fotoelektrik datchiklar va
boshqalarni misol qilish mumkin(14.7-rasm.).
192
14.7-rasm. Chegaralovchi o’chirgichlar.
14.8-rasm. Elektromagnit tormoz qurilmasi.
Elektromagnit tormoz qurilmalari - TKG-160 TKG-200
TKG-300
TKG-400 TKG-500 TKG-600 TKG-
700 TKG-800 tormoz qurilmalari.
Bunday qurilmalar asosan ko’tarib-tushirish mashinalarida tormozlab to’xtatish yoki yuritma
ishlamay turganda tormozda tutib turish maqsadlarida qo’llaniladi. Elektr yuritma rusumiga qarab
quyidagi shartli belgilar qo’llaniladi: TKT- MO seriyadagi o’zgaruvchan tok elektromagnitli; TKP - MP
seriyadagi o’zgarmas tok elektromagnitli; TKG – TE seriyadagi elektrogidravlik turtkichli.
TKG - tormoz qurilmalari yuritma va mexanik qismdan iborat. Ishlamayotgan yuritmada richag
tizimidagi siqilgan prujina kolodkalarni tormoz shkivi yuzasiga qattiq bosib tormoz rejimini ta’minlab
193
turadi. Yuritma ishga tushganda esa prujina ta’siridan richaglar ajralib kolodkalarni bo’shatadi va shkivni
tormoz rejimidan chiqaradi.