189
Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng ko‘p qo‘llaniladi.
Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy so‘ndiruvchi qurilma, elektromagnit tizim va yordamchi
kontaktlardan tashkil topgan. Boshqarish zanjiridagi kuchlanish ancha kamayganda, shuningdek, u
yo‘qolganda kontaktor avtomatik ravishda uziladi.
Zamonaviy kontaktorlar yopiq plastmassa korpusda (KTU seriyasi) ishlab chiqariladi.
Kontaktorlar qurilmani normal bo‘lmagan rejimlar (o‘tayuklanish, q.t. toklari) dan muhofazalay
olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida normal bo‘lmagan rejimni sezadigan va
elektromagnit g‘altakning zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: