TO’LIQ TOK QONUNI
To’liq tok qonuni magnit maydon kuchlanganligining uni vujudga kеltirgan toklarga bog’liqligini aniqlaydi. Eng oddiy holda to’g’ri chiziqli uzun simning o’qida x masofadagi maydonning kuchlanganligi H (32-rasm) quyidagicha bo’ladi:
H= = ,
Bunda l=2πx sim atrofida x radiusda chizilgan aylananing uzunligini ifodalaydi. Bu aylananing barcha nuqtalarida sistemaning simmetriyasi tufayli magnit maydon kuchlanganligining yo’nalishi parma (shtopor) qoidasi yordamida aniqlanadi: agar parma o’tkazgichga tok yo’nalishi bo’yicha burab kiritilsa (33-rasm), u holda parma dastasining aylanish yo’nalishi shu tok vujudga keltirgan magnit maydonning yo’nalishi bilan mos keladi.
|
|
2.7-rasm. Tokli to’g’ri chiziqli o’tkazgich
|
2.8-rasm. Parma qoidasi.
|
To’la tok qonunini tatbiq etishning ikkinchi eng oddiy holi – bu istalgan materialdan tayyorlangan, izolyatsiyalangan sim o’ralgan bir jinsli halqa (toroid) ning ichidagi magnit maydon kuchlanganligini hisoblashdir. Bunda magnit chiziqlar halqa kesimi ichida joylashgan aylanalar shaklida bo’ladi (34-rasm). Ular orasidagi ayrim o’ramlarning magnit chiziqlari bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan va o’zaro kompensatsiyalanadi. Magnit oqimi halqa ichida to’planadi. O’rta magnit chiziqning uzunligi lo’r =2 Ro’r , shu chiziq ichida joylashgan (unga tutashgan) toklarning yig’indisi l ga –tokning g’altak o’ramlari soniga ko’paytmasiga teng. Shu sababli maydon kuchlanganligi barcha o’ramlardagi toklarning ta’iri orqali aniqlanadi.
H=
Ko’p elektrotexnik qurilmalarda magnit zanjirida vujudga keltiriladi.Bunday zanjirni kichik qismlarga ajratish mumkin.
2.9-rasm. Sim bilan o’ralgan halqa (torond)
(25)
Bunda bеlgi ko’rib chiqilayotgan yig’indi n ta qo’shiluvchidan iborat ekanligini bildiradi. kattalik— zanjirning k qismidagi magnit kuchlanshi, Iw kattalik esa — zaijirning magnit yurituvchi kuchi (myuk) dеyiladi.
(25) tеnglama magnit zanjiri uchun to’la tok qonunini ifodalaydi.
Eng oddiy holda bir jinsli magnit zanjiri uchun (34- rasm) to’la tok qonuni quyidagicha bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: |