Chulg‘amning o‘ramlar soni W2 bo‘lgan a-x qismiga energiya iste’molchisi Zn ulangan.
Avtotransformator salt yurishida birlamchi kuchlanishning ikkilamchi kuchlanishiga nisbati uning transformatsiya koeffitsiyentiga yoki o‘ramlarning W1 va W2 sonlarinig nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni:
Avtotransformatordagi elektr energiya isroflari kichik bo‘lgani uchun hisobga olinmasa, u holda yuklangan avtorasnformatorning birlamchi va ikkilamchi zanjirlaridagi quvvatlar bir-biriga teng bo‘ladi deb hisoblash mumkin:
I1 · U1 = I2 U2 Istalgan paytda chulg‘amning a-x qismida bir-biriga qarama- qarshi toklar (I1 va I2 ) oqadi. Shuning uchun chulg‘amning a-x qismidagi toklar I1 va I2 ayirmasiga teng:I = I1 - I2 Demak, chulg‘amning umumiy a-x qismi ko‘ndalang kesimi kichikroq bo‘lgan sim bilan bajarishi mumkin.
Moslab yasalganda avtotransformatorlar keng chegaralarda kuchlanishni ikkilamchi zanjirda bir tekis rostlashga imkon beradi.
Rasmda laboratoriya avtotransformatorlari LATR ko‘rsatilgan.
4-rasm. Laboratoriya avtotransformatorning umumiy ko‘rinishi: 1-2 - rolikning tutqichi, 3-4 - chulg‘am. Uning tutqich kontaktli roligi bo‘lib, chulg‘am o‘ramlarning izolyasiyasidan tozalangan tomonida hatto dumalash ham mumkin. Shu harakatlanayotgan kontakt yordamida ikkilamchi zanjirdagi kuchlanishni noldan 1,1* U1 gacha rostlash mumkin. Biror avtotransformatori boshqarish uchun kuchlanishni 220 V dan 250 V gacha ushlash talab qilinadi. Transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amida 22000 V dan 25000 V gacha rostlash imkonini beradi.
O‘ lchash transformatorlari
Yuqori kuchlanishli zanjirlarda o‘lchash asboblari bilan ishlash xavfsizligi, shuningdek, bu asboblarning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun maxsus o‘lchash transformatorlari ishlatiladi.