Elektrotexnika va elektronika asoslari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə2/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SIRDARYO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
SHIRIN ENERGETIKA KOLLEJI

ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI”


fanidan

MAVZULAR TO’PLAMI
Kafedra nomi: Maxsus fanlar kafedrasi
Maxsus fan o’qituvchisi: Isroilov Zulhaydar Abduvali o’g’li

Shirin-2023
MUNDARIJA
1.Kirish…………………………………………………..1
2. Transformatorlarhaqida ma’lumot………………………….3
3.Kuch transformatorlarning qizishi, sovishi va himoyasi…….5
4. qisqa tutashish,transformatorlarni quvvat isrofi va foydali
ish koeffitsiyenti……………………………………………7

5. O‘ lchash transformatorlar…………………………………11


6. Tok transformatori…………………………………………14

7. Payvandlash transformatori………………………………..16



KIRISH

Reja:


1.Elektrotexnika faning tarixi, rivojlanishi va taraqqiyotidagi o'rni.
2.Faning maqsadi, vazifalari va O'zbekistonda elektr energiyasi iste’molch shi.
3.Elektr energiyasi xaqida ma'lumot – elektr zaryadi, maydoni, elektr toki,
potentsial, qarshilik, dielektrik, fotoeffekt, termoelektron emissiya.


Elektrotexnika fani deb – elektr energiyasi xosil qilib, uni amaliy maqsadlar uchun foydalanish yo'nalishlarini o'rganadigan fanga aytiladi. Xozirgi paytda elektr energiyasi ma'lum bo'lgan barcha energiyalardan farqli o'laroq sanoatda, transportda, qishloq xo'jaligida, maishiy xizmatda va xalq xo'jaligini barcha soxalarida aloxida tengi yo'q o'rin egallaydi. Bu energiyani ustunlik tolmonlari shundaki;
a) uni xoxlagan energiya turiga aylantirish mumkin, yoki xoxlagan energiyani elektr energiyasiga aylantirish mumkin,
b) eng sodda va arzon moslamalar ?rdamida elektr energiyasini juda katta tezlik bilan istalgancha miqdorda va xoxlagancha uzoq masofalarga uzatish mumkin,
v) ekologik jixatdan toza, atrof muxitni ifloslantirmaydi, xidi yo'q, rangi yo'q,o'zidan chiqindi chiqarmaydi.
Elektrotexnika fanining rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo'shdilar. Elektr xodisalarini o'rganish 1650 yilda birinchi elektr mashinasini yaratilishidan boshlandi. 1785 yilda Kulon tomonidan elektr zaryadlarining o'zaro ta'siri qonunini yaratildi.
Kuchlanishning birinchi elektro kimyoviy manbaasini o'rganish 1799 yilda A.Vol`ta tomonidan yaratilgan davrdan boshlandi.1802 yili fizik olim professor V.Petrov elektr tokini xosil qildi.
1832 yili rus olimi P.Shilling telegrafni yaratdi. 1834 yili E.X.Lents elektromagnit induktsiya qoidasiga asos soldi.
B.Yakobi birinchi bo'lib doimiy tok elektrodvigatelini yaratdi. 1873 yili rus olimi
A.N.Lodigin lampochkani ixtiro qildi. P.N.Yablochkov 1876 yili elektr tarmog'ini muxim apparati xisoblangan transformatorni yaratdi.
1877 yili Tomas Edison magnit tasmasiga ovoz yozish mumkinligini
isbotladi.
XIIX asrning oxirlariga kelib 1891 yili rus injeneri M. O. Dolivo Dobrovol`skiy uch fazali o'zgaruvchan tok xosil qilishni va uning asosiy iste'molchisi bo'lgan uch fazali asinxron motorlarni kashf qildi.
Xozirgi vaqtda sanoatda, transportda va xalq xo'jaligini barcha tarmoqlarida boshqa energiyalar bilan bir qatorda elektrenergiyasidan keng ko'lamda foydalanilmoqda.
Insoniyat bir necha yuz yillar mobaynida xar-xil xodisalarni o'rgana borib,
bizni atrofimizni o'rab turgan bizdan tashqari muxitdan shunday xulosalarni o'zilariga oldilarki, bizni o'rab turgan bizdan tashqari barcha narsalar ko'rinishi,tuzulishi qanday bo'lishligidan qatiy nazar ular eng sodda elementlardan – atomlardan tuzilgan bo'ladi. Bir necha atomlar birlashib esa molekulalarni tashkil qiladi. Bir necha molekulalar birlashib esa o'z navbatida siz va bizga ko'rinib –ko'rinmay turgan qattiq, suyuq va gaz xolatidagi jismlarni tashkil qiladi. Xo'p shunday ekan, bizdan tashqi muxitdagi narsalar xammasi atomlardan, ya'ni proton va neytronlardan, bitta musbat va bitta manfiy zarrachalardan iborat ekan. Bir necha protonlar birlashib atomni yadrosini, bir necha neytronlar birlashib moddalarni elektronlarini tashkil qiladi.Yadro va elektron bu bir butun atom demakdir
Xozirgi kundagi nazariyaning ko'rsatishicha xar bir atom ikki qismdan musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Atom o'zini tarkibida ikki xil zaryadni bir xil miqdorda ushlab turganligi uchun xech qanday elektr xossasiga ega emas. Xar xil elementlarning atomlari bir biridan faqat atom og'irligi bilangina farq qiladi. Ularning og'irligi tarkibida saqlab turgan elektronlar va protonlarning miqdoriga bog'liq.
Masalan;
vodorod (N) atomining og'irligi Mendeleev jadvalidagi 1 ga teng deb olingan, chunki uning atomi 1 ta elektron va 1ta protondan tashkil topgan. Mis atomida esa yadroning atrofida 29 ta elektron va oltinni atomi atrofida esa 79 ta elektron bor. Elementlar atomi tarkibidagi elektronlari soni xar doim uning D.Mendeleev jadvalidagi o'rniga to'g'ri keladi.
Elektrotexnika fanining kelajak istiqboli xaqida gapiradigan bo'lsak, qisqacha qilib aytganda kundalik xayotda elektr energiyasiga bo'lgan talablarimizdan tashqari, kosmosga tushib chiqayotgan kosmik kemalarning ishini xam, elektr energiyasiga yura?tgan elektromobillarning ishini xam, xalq xo'jaligidagi yuzaga kelayotgan yangi ixtirolarni xam, elektr energiyasi istirokisiz amalga oshirishimiz qiyin.


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin