Elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə9/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

O‘lchash aniqligi – bu o‘lchash natijalarini va o‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir. O‘lchash xatoligi o‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir. Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo‘lgan qiymatdir. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ta'sirida olingan natijalar qiymatidir. O‘lchash ob'ekti u yoki bu fizik kattalikdir.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning1 bir qismi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega. Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan faoliyati. O‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi.
O‘lchash vositasini qiyoslash usuli – bu qiyoslash sxemasi bo‘yicha yuqoridagi o‘lchash vositalaridan quyidagi o‘lchash vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish usuli. O‘lchash vositalarining qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish - bu o‘lchash vositalarini qiyoslash natijalari bo‘yicha rasmiy hujjatni tuzish va o‘lchash vositasini yaroqliligini ko‘rsatish. O‘lchash vositalarini taqqoslash – bu sistematik xatoliklarni aniqlash uchun o‘lchash vositasini etalon yoki o‘sha turdagi namuna o‘lchash vositasiga solishtirish, ya'ni o‘lchovni o‘lchov bilan, priborni pribor bilan.
Bazaviy (asos) metrologiya xizmati – bu aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmat bo‘lib, biriktirilgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik ta'minot masalalari bo‘yicha ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat.
Davlat metrologiya nazorati – bu o‘lchash vositalarining turi va qiyoslanishi, sotilishi va ularning prokatini lisenziyalash bo‘yicha davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Davlat metrologiya atlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin