Elektrotexnika va elektronika asoslari


O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) ga lisenziya



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə10/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) ga lisenziya – Ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigai hujjat. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston hududiga donalab keltirilgan) o‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlashmetrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan akkreditlash doirasida o‘lchashlar birliligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish. Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish huquqini rasmiy tan olish.
O‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash – O‘lchashlarni bajarish metodikasining unga qo‘yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqot.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi – O‘lchashlar natijalariga avvaldan ma'lum bo‘lgan xatolik bilan erishishni ta'minlaydigan ishlar va qoidalar majmui.
O‘lchash noaniqligi – Tekshirish- bu belgilangan talablarni to‘laqonli ta’minlash uchun obyektiv dalillar yordamida ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minashtekshiruvi - bu davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan metrologiya qoidalariga rioya qilinishi tekshirish maqsadidagi faoliyatdir.
O‘lchanadigan kattalik - o‘lchashga tortiladigan kattalik.
O‘lchash vositasini kalibrlash - bu kalibrlash laboratoriyasi tomonidan o‘lchash vositasining metrologik xarakteristikasi haqiqiy qiymatlarini va qo‘llanilishga yaroqliligini aniqlash va tasdiqlash maqsadidagi muolajalar majmuidir.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin