Elektrotexnika va elektronika asoslari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə7/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SIRDARYO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
SHIRIN ENERGETIKA KOLLEJI

4.51.02.12-Elektrostansiya va tarmoqlarga texnik xizmat ko’rsatish kasbi
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI”
fanidan

MAVZULAR TO’PLAMI
Kafedra nomi: Maxsus fanlar kafedrasi
Maxsus fan o’qituvchisi: Xamdamov O’tkir Mirzakarimovich
Shirin-2020

Mavzu: 2- Stаndаrtizаtsiya vа metrоlоgiyaning аsоsiy vаzifаlаri. Ilmiy-texnikаviy tаrаqqiyotning rivоjlаnishidа stаndаrtizаtsiya vа metrоlоgiyaning аsоsiy vаzifаlаri.
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar.
Fanning maqsad va vazifalari. "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir. Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir. Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi. Texnologlar uchun standartlar: Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi. Standartlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ladi: Darajaviy: kompaniyada milliy va xalqaro darajalar singari Ilmiy: oziq-ovqat, tekstil va menejment injiniringi kabi Aspekt: qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘tkazish va analizlash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘xshagan. 2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar. Metrologik me'yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida" Qonunida, O‘z O‘DT ning asos bo‘luvchi hujjatlari O‘z DSt 8.010:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O‘z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin