Elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə65/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

Oʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi.
Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi 

O‘zgarmas tok motorlari.
Elektr mashinalari generator va motor rejimida ishlashi mumkin. Agar qutblarida yetarli magnit oqim bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinasining yakor chulg‘amiga o‘zgarmas tok berilsa, u holda yakor chulg‘amidagi tokli o‘tkazgichlarga ta’sir etuvchi elektromagnit moment hosil bo‘ladi. Bunda elektr energiyasini mexanik energiyaga aylanib, elektr mashina motor rejimida ishlaydi. Yakor chulg‘ami sektsiyasi tomonlarining biri shimoliy, ikkinchisi esa janubiy qutb ostida joylashgan bo‘ladi. Shu sababli, yakorda hamma vaqt bir tomonga aylantiruvchi elektromagnit kuchlar hosil qilish uchun N va S qutblar ostidan o‘tuvchi yakor o‘tkazgichidagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirib turish kerak.
Yakor o‘tkazgichlariga beriladigan tokning yo‘nalishi kollektor bilan o‘zgartirilib turiladi (3.1-rasm). Demak, o‘zgarmas tok mashinasining generator rejimida uning kollektori bilan yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok o‘zgarmas tokka aylantiriladi, motor rejimida esa kollektor bi lan elektr tarmog‘idan beriluvchi o‘zgarmas tok yakor chul g‘amiga turli yo‘nalishlarda beriladi. Elektromagnit moment ta’sirida o‘zgarmas chastota n bilan aylanuvchi motor yakoridan o‘tkazgichlarida EYK hosil bo‘ladi. Yo‘nalishi esa o‘ng qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi.
Generatorda tokning yo‘nalishi EYK tomon bo‘lsa, motor yakorida hosil bo‘lgan EYK ning yo‘nalishi esa teskaridir (3.1-rasm). Shu sababli bu EYK teskari EYK deb ham ataladi.
O‘zgarmas tok motorining yakor zanjiri uchun EYK larning muvozanat tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:

1-rasm. O‘zgarmas tok motorida yakorga berilgan tokning kollektor bilan o‘zgarmas tokka aylantirilishi.
U = EY + IY · ΣR, (3.1)
bunda: U – motorning yakor chulg‘amiga beriladigan kuchlanish, V; EY – yakor chulg‘amida hosil bo‘lgan EYK, V;
IYΣR – yakor zanjirida kuchlanishning tushuvi, V;
ΣR = RY+ RT – yakor chulg‘ami qarshiligi bilan tashqi qarshilik yig‘indisi, Ω


Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin