Elektrotexnika va elektronika asoslari


O‘zgaruvchan tokning effektiv qiymatlari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə34/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

O‘zgaruvchan tokning effektiv qiymatlari.
Bizga ma’lumki, u = Umsint .ва…i = Imsint.ifodalar kuchlanish va tokning ayrim paytlarga mos oniy qiymatlarini o‘zida aks ettiradi . Shuning uchun o‘zgaruvchan tok qiymati xakida fikr yuritilganda, uni shunday ekvivalent o‘zgarmas tok qiymatiga tenglashtiriladiki, Bunday tok o‘sha o‘zgaruvchan tok utayotgan qarshilikdan o‘tib, bir xildagi issiqlik ta’siri hosil qiladi, ya’ni bir xil vaqt oraligida bir xil miqdordagi issiqlik ajratadi. O‘zgaruvchan tokning bunday qiymati uning ta’sir etuvchi yoki effektiv qiymati deb ataladi.
Tokning effektiv qiymati o‘zgaruvchan tokning sinusoidal o‘zgarish protsessida uning oniy qiymati erishadigan maksimal qiymatidan kichik bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok ma’lum bir qarshilikni o‘tkazgichdan o‘tib, unda xar sekundda ma’lum miqdorda issiqlik chiqaradi, deylik. Shu o‘tkazgichning o‘zidan, undan o’tganda ma’lum miqdorda issiqlik chiqaradigan , o‘zgarmas tok o’tkazish ham mumkinligi uz- o‘zidan ravshan.
O‘zgaruvchan tok o‘tkazgichda ma’lum vaqt ichida qanday miqdorda issiqlik chiqargan bo‘lsashu vaqt ichida o‘shancha issiqlik chiqargan o‘zgarmas tokning ish bajaradigan qiymati ish bajaradigan qiymati uning effektiv qiymati deyiladi. Elektr zanjiridan o‘zgarmas tok o’tganda ajralib chiqqan issiqlik miqdori Lents- Joul qonuniga muvofiq :
Q1 = 0,24 I2RT
O‘zgaruvchan tok o’tganda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini
Q = 0,24 R i2dt
integral orqali ifodalash mumkin. O’zgarmas tok bilan o‘zgaruvchan tok ta’siri bir- biriga teng bo’lgani uchun Q1 = Q..deb yozish mumkin. Shuning uchun
0,24 I2RT = 0,24 R i2dt
Ifodaga sinusoidal tokning oniy qiymatini quyib, integrallab sinusoidal tokning effektiv qiymatini topamiz.
I = Im / 2
Bu qiymat sinusoidal tokning effektiv qiymati deb yuritiladi. E.YU.K. va kuchlanishning effektiv qiymatlarini ham shu tarzda yozish mumkin:
Е = Еm /2 , U = Um / 2

O‘zgaruvchan tok M. O. Dolivo - Dobrovolskiy uch fazali tok sistemasini ixtiro qilinganidan keyin butun dunyoda keng ishlatiladigan bo’ldi.


Uch fazali tokning asoschisi M. O. Dolivo - Dobro-volskiy dunyoda birinchi bo’lib, uch fazali generator, uch fazali elektr dvigatel, uch fazali transformatorlarni yaratgan va uch fazali tok energiyasini uzatishni amalga oshirgan.
Uch fazali tokning bir fazali tokka nisbatan quyidagi afzalliklari bor:
elektr uzatish liniyalarida rangli metallar 25 % gacha tejaladi;
uch fazali asinxron dvigatellarning to’zilishi sodda, ishlatilishi qulay;
yulduz shaklida ulab hosil kilinadigan turt simli sistema bo’lgan holda ikkita ish kuchlanishi bo‘ladi.
Uch fazali tok sistemasini ko‘p fazali tokning xususiy holi deb qarash mumkin.
E.yu.k. lari bir xil chastotali va bir - biriga nisbatan faza bo’yicha 1/ 3 davrga siljigan uchta elektr zanjirning tuplami uch fazali sistema deb ataladi.
Uch fazali sistemani tashkil etuvchi ayrim zanjirlar uning fazalari deyiladi. Simmetrik uch fazali sistemada e. yu. k. lar o‘zaro faza bo’yicha teng bo’laklarga 1200 siljigan.
Uch fazali tokning eng sodda generatori bir fazali generatordan yakoriga tsilindr aylanasi bo’ylab bir - biriga nisbatan 1200 burchakka siljigan uchta chulg‘am joylashtirilganligi bilan farqqiladi. Generatorning chulg‘amlari fazalar deb ataladi. Stator chulg‘amlarining uchlari A1,A2,A3 xarflari bilan oxirlari x1,x2,x3 xarflari bilan belgilangan.


Uch fazali tok generatori rotorining konstruktsiyasi esa bir fazali tok generatori rotori konstruktsiyasining xuddi o’zidir.


Rotor aylanganda hamma chulg‘amlarda chastota va amplitudalari bir xil bo’lgan e. yu. k. lar hosil bo‘ladi, ammo bo’lar uzlarining maksimum qiymatiga bir vaqtda erishmaydi. Maksimal e. yu. k.rotor shimoliy kutbining markazi chulg‘am boshida o’tganda hosil bo‘ladi, deb xisoblaganimizda, ikkinchi chulg‘amda esa o‘sha yo’nalishdagi e. yu. k. maksimumi rotor 1200 burilganda, uchinchi chulg‘amda esa o‘sha yo’nalishdagi e. yu. k maksimumi rotor birinchi chulg‘amga nisbatan 2400 burilganda yuz berishini ko’rish oson. Rotor aylanganda birinchi chulg‘amda hosil bo’lgan e.yu.k.
e1=E1msint
Ikkinchi chulg‘amda hosil bo’lgan e. yu. k.
e2=E2msin(t - 2/3)
Shuningdek, uchinchi chulg‘amdagi e. yu. k.
e3 = E23msin(t - 4/3)
Bunda е123ваЕ1m2m ,Е3m- ayrim chulg‘amlarda hosil bo’lgan e. yu. k. larning oniy qiymatlari; va - ayrim chulg‘amlardagi e. yu. k. larning amplituda qiymatlari. Agar g‘altak larning chulg‘amlariga, iste’molchilar ulasak, yonik zanjirlar bo’ylab quyidagi toklar o’tadi.
i1 = I1msin(t -1)
i2 = I2msin(t - 2/3  -2)

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin