Elektrotexnika va elektronika asoslari


Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə87/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash
Elektr energiyasini ishlab chiqarish
12. O‘zbekiston Respublikasining elektr energiya resurslari o‘zida ishlab chiqarilgan hamda boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import qilingan elektr energiyasidan iborat bo‘ladi.
14. Elektr energiyasini ishlab chiqarishning hajmi va iste’moli hajmi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomonidan tasdiqlanadigan elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq shakllanadi.
15. Yoqilg‘ining strategik zaxirasini shakllantirish, to‘plash va saqlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-iyundagi 287-56-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat strategik zaxirasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilanadi.
16. Elektr stansiyalari elektr energetika sohasida davlat nazorat organi bo‘lgan va elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llanishini, shuningdek undan oqilona foydalanishni nazorat qiluvchi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan energetik nazoratga olinishi lozim bo‘ladi.
Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash
17. Elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash iste’molchilarning elektr ta’minoti uchun amalga oshiriladi.
18. Elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalardan elektr energiyasini, keyinchalik uni magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha uzatish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish maqsadida, sotib olish tuzilgan shartnomaga muvofiq elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi tomonidan bajariladi.
19. Elektr energiyasini sotib olish va sotish hajmi elektr energiyasini (quvvatini) elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi.
20. Elektr energiyasini uzatish magistral elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha amalga oshiradilar.
21. Hisob-kitob davrida magistral elektr tarmoqlari korxonalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan elektr energiyasi hajmi, elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisining elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va blok-sansiyalardan sotib olingan elektr energiyasining umumiy hajmidan, boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import va tranzit qilingandan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va iste’molchilar tarmoqlariga bevosita elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalaridan kelib tushgan elektr energiyasining ayirmasidan tashkil topadi.
22. Hisob-kitob davrida magistral elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatish uchun sarf, elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisining elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va blok-sansiyalardan sotib olingan elektr energiyasining umumiy hajmidan, shuningdek boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import qilingan elektr energiyasini yagona sotib oluvchi tomonidan hududiy elektr tarmoqlariga sotilgan, va eksport qilingan hajmining ayirmasi bilan aniqlanadi. Magistral elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatishga ketgan uning sarfi, magistral elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan elektr energiyasining sotib olinishi hisobiga qoplanadi.
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda uning texnologik yo‘qotishlarini hisoblash Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) muvofiq amalga oshiriladi.
23. Elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonasidan va blok-stansiyalardan elektr energiyasini sotib olish, elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish, shuningdek elektr energiyasini uzatish va elektr energiyasini uzatishda uning sarflari uchun magistral elektr tarmoqlari korxonalariga to‘lov tariflari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.
24. O‘tgan hisob-kitob davridagi elektr energiyasini sotib olish, sotish va uzatishning noto‘g‘ri aniqlangan hajmi aniqlanganda joriy hisob-kitob davrida yuritilayotgan tarif bo‘yicha tegishli korrektirovka kiritiladi.
25. Elektr tarmoqlari “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinishi lozim.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin