Elektrotexnika va elektronika asoslari


Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə88/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi
26. Elektr energiyasining ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’moli qilish jarayonining uzluksizligi tizim operatori tomonidan bajarilayotgan yagona tezkor dispetcherlik boshqaruvi (keyingi o‘rinlarda — YaDB) tomonidan ushlab turiladi, uning vazifasi yagona elektr energetika tizimining faoliyatini ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’moli balansini ushlab turish, avariyaviy rejimni oldini olish, shuningdek uni bartaraf etish, avariyaviy rejimning bartaraf etilganidan so‘ng tizim ishonchligini tiklash, iste’molchilarni energiya ta’minotning barqarorligi va ishonchligini ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida minimal texnologik sarfni ta’minlovchi optimal rejimni tanlashdan iboratdir.
27. Dispetcherlik boshqaruv, xizmat va punktlarining rejim xususiyatidagi tezkor farmoyishlari yagona elektr energetika tizimiga ulangan barcha energetika korxonalari uchun majburiydir.
28. Yagona elektr energetika tizimiga ulangan energetik korxonalarning kelishilgan holda ishlashi sutka davomida markazlashgan YaDB asosida bajariladi.
29. YaDB iyerarxik tuzilmasi asosida bajarilib, alohida darajalar orasidagi tezkor nazorat qilish va boshqarish vazifalarini taqsimlashni, shuningdek pastki darajani yuqori darajaga bo‘ysunishini nazarda tutadi.
30. Yuqori turuvchi dispetcherlik xizmatining tezkor farmoyishlari idoraviy mansubligidan qat’iy nazar elektr energiyasini (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida qatnashuvchi barcha energetika korxonalarining past pog‘onadagi dispetcherlik tuzilmalari tomonidan bajarilishi majburiydir.
31. Yagona elektr energetika tizimi tomonidan YaDB amalga oshirilayotganda tezkor farmoyish bajarilmasligi, moddiy zararga olib kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi.
32. Elektr energiyasini (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashuvchi energetika korxonalari yagona elektr energetika tizimini YaDB uchun zarur bo‘lgan texnik axborotni yuqori turuvchi dispetcherlik xizmatiga taqdim etishi shart.
33. Dispetcherlik xizmati rahbariyati va xizmatchilar qonunchilikka muvofiq quyidagilarni ta’minlashga javobgardir:
yagona elektr energetik tizimning ishonchli va tejamli ishlashini;
yagona elektr energetik tizim asosiy tarmoqlarining ishonchli tezkor sxemalarini o‘z vaqtida ishlab chiqishni;
yagona elektr energetik tizimining barqaror ishlashini;
elektr energiyasi sifati bo‘yicha talablar bajarilishini;
elektr energiyasini uzatishga uning sarfi me’yorlarini va tasdiqlangan maqbul rejimdan asoslanmagan holda chetga chiqilishi tufayli me’yordan yuqori sarflarni yo‘qotishni.

O’QUVCHILARNING O’ZLASHTIRISHINI BAHOLASH MYEZONLARI





Mavzu: Elektr enyergiyani uzаtish vа tаqsimlаsh. Issiqlik elektr stаntsiyalаri, gidrоelektr stаntsiyalаri, shаmоl elektr stаntsiyalаri, elektr energiyani uzаtish, stаndаrt vа ish kuchlаnishlаrining kаttаliklаri, elektr uzаtish liniyalаri turlаri, trаnsfоrmаtоrli nimstаntsiyalаr.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin