Fanning maqsad va vazifalari
|
Fanning maqsadi optik aloqa liniyasini diagnostika qilish, montaj qilish va ekspluatatsiyasi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni hosil qilish, optik tizim va aloqa tarmoqlari, optik tolali aloqa liniyasi konstruktsiyasi va xarakteristikasi, to’lqinli multipleksorlash printsipi bo’yicha bilimlarni egallash.
Fanning vazifasi optik yo’naltiruvchi muhit va optik tolali aloqa liniyalari passiv komponentlari, zamonaviy optik aloqa, optik aloqa tarmoqlari va uzatish tizimlarini qurish printsipi, optik tola turi va asosiy xarakteristikalari, optik aloqa kabellari konstruktsiyasi, xarakteristikasi va markalanishi, optik tolali aloqa liniyasi passiv komponentlari, ajraluvchi va ajralmaydigan ulagichlar, optik krosslar, kommutatsiya paneli, izolyatorlar, kommutatorlar, multipleksorlar, demultipleksorlar, texnik ekspluatatsiya asoslari, optik tolali aloqa liniyasi montaji yotqizilishi kabilarni o’rganish hisoblanadi.
|