3. Qaysi holatlarda” N-1” shaklidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi
N-1 shakldagi dalolatnomani tо‘ldirish tartibi Ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo’qotilsa yoki
tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o’tishi zarur bo’lsa N-1 shaklidagi
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (1-ilova), N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan
rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi va maxsus
daftarda qayd qilinadi.
Mehnatni muhofoza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi) ga
tekshirish materiallari bilan yuborilgan N-1 shakli-dagi dalolatnoma 45 yil
davomida saqlanishi lozim. Boshqa joylar-ga yuborilgan N-1 shaklidagi
dalolatnomalar va uning nusxalari ehtiyoj yo’qolguncha saqlanadi. Agar korxona
qayta tashkil etilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma huquqiy vorisga korxonaning boshqa
qiymatli qog’ozlarini topshirish tartibida beriladi.
Agar korxona tugatilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma korxonaning yuqori
turuvchi xо‘jalik organiga beriladi. Agar korxonada yuqori turuvchi xо‘jalik organi
bo’lmasa, unda N-1 shaklidagi dalolatnoma viloyat (Qoraqalpog`iston Respublikasi,
Toshkent shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limiga beriladi. Boshqa tashkilot tomonidan
o’sha tashkilot topshirig`ini bajarish uchun yoki, xizmat vazifasini ado etish uchun
mazkur korxonaga jo’natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz
hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi tomonidan tuzilgan, komissiya tomonidan
jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.
Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bо‘lsa, o’sha tashkilot
tomonidan hisobga olinadi. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona N-1 shaklidagi
dalolat-nomaning bir nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun о‘zida
olib qoladi, 3 ta tasdiqlangan nusxasini jabrlanuvchi xodimi bо‘lgan tashkilotga
hisobga olish, saqlash va «Nizom» da kо‘rsatib o’tilgan manzillarga jo’natish uchun
yuboradi. Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so’ng 3 sutkadan kechik-tirmay
jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki
boshqa muqobul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa tо‘g‘risidagi N-1 shaklidagi
dalolatnomani berishi kerak.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni turi va о‘z vaqtida
tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa
sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun
javob-gardir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tо‘g‘ri va о‘z vaqtida
tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sababalarini
bartaraf etishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi
xо‘jalik, organi, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik
organi, davlat mehnat texnika nazoratchisi, kasaba uyushmalarining mehnat texnik
nazoratchisi (О‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga a’zo
tashkilotlarda), «О‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo’mitasi organlari (nazorat
ostidagi ob’yektlarda) nazorat qiladi. Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnomani
tuzishdan bosh tortsa; jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs
N-1 shaklidagi dalolatnoma mazmunidan norozi bо‘lsa, u kasaba uyushmasi
qo’mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik
organi 10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o’rganib
chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi
andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan N-1 shaklidagi
dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni
bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa vakillik organi davlat
mehnat texnika nazoratchisiga murojaat qiladi. N-1 shaklidagi dalolatnoma
tuzilmaganligi yoki notо‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda davlat mehnat texnika
nazoratchisi ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan
tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika
nazoratchisi xulosasini bajarishga majburdir. Ish beruvchi bilan davlat mehnat
texnika nazoratchisi o’rtasi-dagi anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika
nazoratchisi hal qiladi.
|