Elektrotexnika


 Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam berish



Yüklə 155,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix31.03.2022
ölçüsü155,89 Kb.
#54547
1   2   3   4   5   6
Oraliq nazorat ishi

4. Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam berish 

Elektr  tokidan  shikastlanganga  birinchi  yordam  -  elektr  tokidan  ajratish 

(toksizlantirish), sunniy  nafas berishni  amalga  oshirish  (og'izdan  -  og'izga), hayot 

faoliyatining  asosiy  omillarini  ushlab  turish  -  sunniy  nafas  berish  orqali  nafas 

olishini tiklash yoki tashqi uqalashni amalga oshirish. Buning uchun jarohatlanganni 

elkasiga  yotqizish,  og'zini  ochish,  o'zining  bitta  qo'lini  bo'yin  ositiga  qo'yish, 

boshqasi bilan esa peshonasini bosish kerak. Zarur hollarda tishlarini ochish va tili 

orqaga  ketmaganligiga  ishonch  xosil  qilish,  boshini  yonga  burish,  og'zini 

so'laklardan va begona jismlardan (qo'yilma jag'dan) tozalash zarur. Ust-kiyimdan 

o'ralgan o'ramani boshi orqa tomonga tushgan va tag jag'i ko'krak qafasi bilan bir 

me'yorda  turgan  holda  elkalar  ostiga  qo'yish  (bo'yni  yoki  umurtqasi  ostiga  emas) 

zarur. Ko'krakga nafasni to'ldirish va salfetka orqali jabrlanganni bumini qo'l yoki 

bet bilan yopgan holda unning og'ziga nafas berish zarur.  

Nafas chiqarish ko'krak qafasining og'irligi hisobiga o'z-o'zidan sodir bo'ladi. 

Nafas  berish  va  chiqarishni  5-6  sekund,  ya'ni  bir  daqiqada  10-12  marotaba  nafas 

berish-nafas  chiqarish  amalga  oshiriladi.  To'g'ridan-to'g'ri  bo’lmagan  yurak 

uqalanishi  puls  bo'lmagan  paytda  amalga  oshirilsin.  Nafas  berish  -  nafas  olish 

tsikllarini amalga oshirishda tezkorlik bilan qo'llami panjalarini qo'qrak qafasining 

uchdan bir qismiga qo'yib (ko'krak qafasidagi tugundan 2 sm. yuqoriroq), ko'krak 

qafasini  bosish  va  nafas  chiqarish  oralig'ida  3-4  marta  davomiylik  bilan  qo'yib 

yuborish.  To'g'ridan-to'g'ri  bo'lmagan  uqalashni  jabrlanuvchida  puls  paydo 

bo'lganga qadar yoki tez tibbiy yordam shifokori kelguniga qadar amalga oshirish 

kerak. Elektr tokidan jabrlanishni oldini olish uchun asosiy himoya vositalari? Elektr 

qurilmalarda ishlatiladigan himoya vositalariga quyidagilar kiradi: Izolyatsiyalovchi 

tezkor  shtangalar,  izolattsiyalovchi  qisqichlar,  kuchlanish  ko'rsatikchlari, 

izolyatsiyalovchi  o'lchov  shtangalari,  tok  o'lchovchi  qisqichlar,  izolyatsiyalovchi 

narvonlar, maydonchalar, changaklar va izolyatsiyalangan dastali asboblar, rezinali 

dielektrik  qo'lqoplar,  botlar,  kalishlar,  gilamchalar,  ko'chiriluvchi  erlagichlar, 

vaqtinchalik to'siqlar, ogohlantiruvchi plakatlar.  



Nolga ulash nima degani? Qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolishi 

mumkin bo'lgan elektr kurilmalarining tok utkazmaydigan kismlarini oldindan nol 

sim  bilan  ulab  kuyish  nolga  ulab  muxofaza  kilish  deyiladi.  Nolga  ulab  qo'yish 

maqsadi - qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolgan elektr qurilmalaming 

qobig'iga va boshqa tok o'tkazmaydigan metal qismlariga teginib ketishda tok urish 

xavfini bartaraf etish. Himoya erlagichiga nisbatan ushbu masala quyidagi usul bilan 

echiladi: shikastlangan elektr qurilmasi tezlik bilan tarmoqdan uziladi. Ammo qobiq 

nollangan himoya simi orqali erlanganligi sababli avariyaviy holatda, ya'ni qobiqga 

tutashuv  paydo  bo'lish  davridan  qurilmaning  tarmoqdan  uzilishiga  qadar  ushbu 

erlanishning himoya hususiyati himoya erlanish kabi paydo bo'ladi.  

Nolga ulashning ishlash printsipi - himoyaning ishlab ketishini ta'minlashi va 

shu  bilan  shikastlangan  qurilmani  avtomatik  ravishda  tarmoqdan  uzish  imkoni 

bo'lgan  katta  tok  kuchini  paydo  qilish  maqsadida  qobiqdagi  tutashuvni  bir  fazali 

qisqa  tutashuvga  aylantirishdir  (ya'ni  fazaU  va  nolli  simni  tutashtirish).  Ushbu 

himoyaga qisqa tutashuv toklaridan elektr energeyasi iste'molchilarini himoya qilish 

uchun  ulardan  oldin  qo'yiladigan  eruvchan  predoxranitellar  yoki  maksimal 

avtomatlar, iste'molchini zo'riqishdan himoyalovchi masofada ishga tushirishga va 

termik  releli  kontaktorlari  mavjud  elektrodvigatelni  to'xtatishga  mo'ljallangan 

issiqlik  himoyasi  o'matilgan  magnit  starteri  va  oxiri  bir  paytning  o'zida  qisqa 

tutashuv  toklaridan  va  zo'riqishdan  himoyalovchi  kombinatsiyalangan  uzgichli 

avtomatlar.  

Nolga ulash sohasi - neytral erga mustaxkam ulangan 1000 V uch fazali 4 ta 

simli tarmoqlar. Odatda bunday tarmoqlar 380/220 V, 220/127 V, hamda 660/380 

V tarmoqlaridir. 

 

 




Yüklə 155,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin