1. Jamoaviy himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari
O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi
Qonunining 13- moddasiga binoan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni
bepul shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish,
dezinfektsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishi kerak. Boshqa tarmoqlar singari
qishloq xo’jaligida ham ishchilarni maxsus korjoma, poyabzal va himoya vositalari
bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va
shaxsiy himoya vositalariga bo’linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning
konstruktsiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish
yechimlari va jamoa himoya vositalarini qo’llash bilan ta’minlashning iloji
bo’lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalari qo’llaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi,
himoya samaradorligi yuqori, ishlatilishda qulay, texnologik jarayonda
bajarilayotgan ish turiga mos bo’lishi kerak. Shu ish uchun mo’ljallangan va qabul
qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo’lmagan shaxsiy himoya
vositalarini qo’llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko’rsatilgan
yo’riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (ShHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo’linadi:
ihotalovchi
• kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotalovchi kostyumlar,
skafandrlar);
• nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo
shlemlari, havo niqoblari);
• korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, kostyum, xalat,
plash, po’stin, fartuk, nimchalar);
• maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli botinka, tufli, kalish,
bo’tilar);
• qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar);
• boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka, shlyapalar);
• yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
• ko’zni himoya qilish vositalari (himoya ko’zoynaklari);
• eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
• ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo’l
changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak va yelkani ehtiyot qilish moslamalari);
• himoyalovchi dermatologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, moylar).
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o’z vaqtida almashtirish,
ta’mirlash va ularni vazifalari bo’yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga
quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo’yicha nazorat
hamda hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytidan tashqari foydalanishni,
buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo’llashni taqiqlanishini nazorat qilish.
Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda
sinovdan o’tkazilish, ularning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya
xossalari pasaygan filtr, oyna va boshqa qismlarini o’z vaqtida almashtirish va
tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati to’g’risida tamg’a qo’yish.
Tozalash,
yuvish,
ta’mirlash,
degazatsiyalash,
dezaktivatsiyalash,
zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish, ishchi va
xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan o’z vaqtida ta’minlash korxona
ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo’mitasiga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: |