Elektrotexnika


 Qaysi holatlarda” N-1” shaklidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi



Yüklə 155,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix31.03.2022
ölçüsü155,89 Kb.
#54547
1   2   3   4   5   6
Oraliq nazorat ishi

3. Qaysi holatlarda” N-1” shaklidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi 

N-1  shakldagi  dalolatnomani  tо‘ldirish  tartibi  Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz 

hodisa  natijasida  xodimning  mehnat  qobiliyati  kamida  bir  kunga  yo’qotilsa  yoki 

tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o’tishi zarur bo’lsa N-1 shaklidagi 

dalolatnoma  bilan  rasmiylashtiriladi  (1-ilova),  N-1  shaklidagi  dalolatnoma  bilan 

rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi va maxsus 

daftarda qayd qilinadi.  

Mehnatni  muhofoza  qilish  xizmati  rahbari  (muhandisi,  mutaxassisi)  ga 

tekshirish  materiallari  bilan  yuborilgan  N-1  shakli-dagi  dalolatnoma  45  yil 

davomida  saqlanishi  lozim.  Boshqa  joylar-ga  yuborilgan  N-1  shaklidagi 

dalolatnomalar va uning nusxalari  ehtiyoj  yo’qolguncha saqlanadi. Agar  korxona 

qayta tashkil etilsa N-1 shaklidagi dalolatnoma huquqiy vorisga korxonaning boshqa 

qiymatli qog’ozlarini topshirish tartibida beriladi.  

Agar  korxona  tugatilsa  N-1  shaklidagi  dalolatnoma  korxonaning  yuqori 

turuvchi xо‘jalik organiga beriladi. Agar korxonada yuqori turuvchi xо‘jalik organi 

bo’lmasa, unda N-1 shaklidagi dalolatnoma viloyat (Qoraqalpog`iston Respublikasi, 

Toshkent shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limiga beriladi. Boshqa tashkilot tomonidan 

o’sha tashkilot topshirig`ini bajarish uchun yoki, xizmat vazifasini ado etish uchun 

mazkur korxonaga jo’natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz 

hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi tomonidan tuzilgan, komissiya tomonidan 

jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi.  

Baxtsiz  hodisa  jabrlanuvchi  qaysi  tashkilot  xodimi  bо‘lsa,  o’sha  tashkilot 

tomonidan  hisobga  olinadi.  Baxtsiz  hodisa  yuz  bergan  korxona  N-1  shaklidagi 

dalolat-nomaning bir nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun о‘zida 

olib  qoladi,  3  ta  tasdiqlangan  nusxasini  jabrlanuvchi  xodimi  bо‘lgan  tashkilotga 

hisobga olish, saqlash va «Nizom» da kо‘rsatib o’tilgan manzillarga jo’natish uchun 

yuboradi.  Ish  beruvchi  tekshirish  tugaganidan  so’ng  3  sutkadan  kechik-tirmay 

jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki 

boshqa muqobul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa tо‘g‘risidagi N-1 shaklidagi 

dalolatnomani berishi kerak.  




Ish  beruvchi  ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  turi  va  о‘z  vaqtida 

tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa 

sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun 

javob-gardir.  Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  tо‘g‘ri  va  о‘z  vaqtida 

tekshirish va hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sababalarini 

bartaraf  etishga  oid  chora-tadbirlarning  bajarilishini  korxonaning  yuqori  turuvchi 

xо‘jalik,  organi,  kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakillik 

organi, davlat mehnat texnika nazoratchisi, kasaba uyushmalarining mehnat texnik 

nazoratchisi  (О‘zbekiston  Kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  kengashiga  a’zo 

tashkilotlarda),  «О‘zsanoatkontexnazorat»  davlat  qo’mitasi  organlari  (nazorat 

ostidagi  ob’yektlarda)  nazorat  qiladi.  Ish  beruvchi  N-1  shaklidagi  dalolatnomani 

tuzishdan bosh tortsa; jabrlanuvchi yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs 

N-1  shaklidagi  dalolatnoma  mazmunidan  norozi  bо‘lsa,  u  kasaba  uyushmasi 

qo’mitasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.  

Kasaba  uyushmasi  qo’mitasi  yoki  korxona  xodimlarining  boshqa  vakillik 

organi 10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o’rganib 

chiqadi,  mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalari  va  me’yorlari,  mehnat  xavfsizligi 

andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan N-1 shaklidagi 

dalolatnomani  tuzishni yoki  qayta  tuzishni  talab  qiladi. Ish  beruvchi  bu  talablarni 

bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa vakillik organi davlat 

mehnat  texnika  nazoratchisiga  murojaat  qiladi.  N-1  shaklidagi  dalolatnoma 

tuzilmaganligi yoki notо‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda davlat mehnat texnika 

nazoratchisi ish beruvchidan N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan 

tuzishni  talab  qilish  huquqiga  egadir.  Ish  beruvchi  davlat  mehnat  texnika 

nazoratchisi  xulosasini  bajarishga  majburdir.  Ish  beruvchi  bilan  davlat  mehnat 

texnika nazoratchisi o’rtasi-dagi anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika 

nazoratchisi hal qiladi. 

 

 





Yüklə 155,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin