5. Fuqaro muhofazasi vazifalari
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har
qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, halq ho`jaligi tarmoqlarini muhofaza
qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash
ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishi asosan: favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish,
favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini
kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favquloda
vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat
tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga
rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahaliy davlat organlari faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, maqsadli ishlab chiqarish va hakozalarga qaratilgan.
Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari – harbiy davrda ham yuzaga keladigan
xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim
vazifalarni bajaradi.
Fuqaro muhofazasining vazifasi quydagilardan iborat:
1. Aholi va
ob’ektlarni harbiy harakatlar
olib borish paytida
yoki shu
harakatlar
oqibatida
yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va
usullariga tayorlash.
2. Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va
doimiy shay holatda saqlab turish.
3. Halq ho`jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan
tadbirlar kompleksini o`tkazish.
4. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz
joylarga
evakuatsiya
qilish.
5. Fuqoro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash.
6. Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlari
o`tkazish.
7. Aholini harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash.
8. Radiatsiyaviy, kimyoviy biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya
nazorati olib borish.
9. qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish.
10. harbiy davrlarda ham zarar ko`rgan hududlarda jamoat tartibini yo`lga
qo`yish va saqlab turish.
11. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni
amalga oshirish.
Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan
hududlarda, ob’ektlarda mo`’tadil hayot faoliyatini yaratib bo`lmaydi. Bu ishlarni
davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun halq yordamida
amalga oshiriladi.